
Mamlakatimizda 17 milliondan oshiq xotin-qizlar istiqomat qiladi. Ular deyarli barcha sohalarida faol ishtirok etib, jamiyat va davlat rivojiga munosib hissa qo‘shib kelmoqda. Ulardan 433 ming nafari «Ayollar daftari»ga kiritilgan.
Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi matbuot kotibi Saodat Boymirzayeva ishtirokida bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qilindi.
«Ayollar daftari»ga xotin-qizlarni kiritish orqali ayollar muammolari, ularni o‘ylantirayotgan masalalar tizimli hal etilmoqda. Jumladan, 6 million 385 mingdan ziyod xotin-qizlar bilan yuzma-yuz muloqot o‘tkazilib, ushbu daftarga 9 ta mezon asosida 433 ming nafari kiritildi.
Ayni vaqtga qadar mazkur ro‘yxatdagi 80 mingdan ortiq ayollarning aniqlangan muammolari o‘rnatilgan tartibda hal etilgan.
Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi tomonidan ayni paytda manfaatdor vazirlik va tashkilotlar bilan hamkorlikda daftarga kiritilgan xotin-qizlar orasidagi tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan 15 ming 665 nafar ayolning tadbirkorlik ko‘nikmasi hamda moliyaviy savodxonligini oshirish maqsadida «Motivatsiya, ko‘nikma va moliyaviy ko‘mak» tamoyili asosida ish olib borilmoqda. Xususan, Xalq banki bilan hamkorlikda ayollar tadbirkorligiga mos bo‘lgan 60 ta namunaviy «biznes reja»larni ommalashtirish ishlari yo‘lga qo‘yilmoqda.
Joriy yil 1 martdan boshlab fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatida faol ishtirok etib kelayotgan fuqarolarga kommunal xizmatlar uchun majburiy to‘lovlar bo‘yicha bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida har oyda kompensatsiya pul to‘lovlarini to‘lab borish tartibi joriy etiladi.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |