
Farg‘ona viloyat sudi, viloyat ma’muriy sudi raislari va rais o‘rinbosarlari ishtirokida Xalq qabulxonalari bilan hamkorlikda fuqarolar bilan onlayn qabul o‘tkazildi.
Unda sud-huquq sohasiga oid masalalar yuzasidan huquqiy yordamga muhtoj bo‘lgan fuqarolar ishtirok etdi.
Murojaatlarning aksariyatini undirilayotgan aliment miqdoridan norozilik, ko‘rilayotgan ma’muriy ishni nazoratga olish, yuqori turuvchi sudlarga murojaat qilish huquqini tushuntirish tashkil etdi. Qabul davomida bir nafar fuqaroning murojaati joyida hal etildi, 18 nafar fuqarolarga buzilgan huquqlarini tiklash uchun tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda sudga murojaat qilish huquqi tushuntirildi.
– Sud idorasiga yoki sudyaga arz bilan kelgan fuqarolar hech qachon norozi bo‘lib ketmasliklari kerak, – deydi viloyat sudi raisi Shuhratjon Kamolov. – Ularni qiynayotgan masalani diqqat va e’tibor bilan eshitib, muammoga yechim izlash kerak. Shu bois ham joylarda qabullar tashkil qilyapmiz, “Ayollar daftari”dagilarga huquqiy maslahatlar berishni yo‘lga qo‘ydik. Zero, sud bu adolat qo‘rg‘onidir.
Viloyatning barcha tuman va shaharlarida fuqarolarning sud-huquq sohasiga oid muammolarini o‘rganish va ularni qonunda belgilangan tartibda hal etish yuzasidan sudlar tomonidan amaliy ishlar davom ettirilmoqda.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |