2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Orol dengizining qurigan maydoniga urug‘lar samolyotda sepilmoqda. Ular o‘sib chiqadimi?

Orol dengizining qurigan maydoniga ekilayotgan saksovullar urug‘da va ko‘chatda ekilyapti. Ko‘chatda ekilgani o‘sishi mumkin, ammo samolyotda ekilgani-chi? Samodan sepilgan urug‘lar shamol bilan uchib, bitta chuqur joyga yig‘ilib qolmaydimi?

Aybek Aminov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasi raisi O‘zA muxbirining savollariga javob berdi:

– Yo‘q, uchib ketmaydi. Urug‘lar qumlikka sepiladi. E’tibor bergan bo‘lsangiz, saksovul, qandim, yulg‘un kabi cho‘l o‘simliklari urug‘larining shapalog‘i bo‘ladi. Shu shapaloqlar yerga tushgandan keyin qumga yopishib qoladi. Shamol bo‘lsa aksincha urug‘ning ustiga qum bosilib, uning o‘sib-rivojlanishiga yaxshi imkoniyat yaratiladi. Sahroliklarda saksovullar qanday qilib o‘sib turadi deysiz, ularni biron kishi yerni qazib urug‘ni ko‘mib ekmagan. Urug‘i tabiiy ravishda yerga tushib qumga yopishib qolgan va rivojlangan.  

Hozir Qoraqalpog‘iston hududida Ustyurt, Qizilqum, Qoraqumdan boshqa Orolqum degan sahrolik ham paydo bo‘ldi. Orolqum aynan Orol dengizining qurigan maydonida shakllandi. Orolqumdagi samolyotda ekilgan urug‘lar allaqachon bo‘y cho‘zib ketgan.

Samolyot 20-30 metrgacha ko‘tarilib, urug‘ sochib yuborilgan paytda urug‘lar 150-200 metr masofada yerga yoyilib tushadi.

Joriy mavsumda Orolning qurigan maydonida 450 ming gektar yerga o‘rmon barpo qilish rejalashtirilgan. Shuning 35 ming gektariga ko‘chatdan, 340 ming gektariga urug‘dan ekiladi. Qolgan 75 ming gektar maydon avval ekilib, ammo, siyrak chiqqan yerlar sanaladi. Bu yerlarga ham qayta ekish ishlari olib boriladi. bugungi kungacha 220 ming gektardan ortiq maydonga ekish ishlari amalga oshirildi, ya’ni, reja 50 foizga yaqinladi.

Urug‘dan ekishning asosiy hissasi samolyotga tegishli. Masalan, 340 ming gektar maydonga urug‘dan ekiladigan bo‘lsa, shuning 40 ming gektariga texnikalar yordamida, 300 ming gektariga esa samolyotda ekiladi. O‘rmonlashtirish tadbirlarida deltaplanlardan ham foydalanilmoqda.  

Qurigan dengiz o‘rniga asosan cho‘l o‘simliklari bo‘lgan saksovul, yulg‘un, qandim, qarabaraq ekilmoqda. O‘rmonlashtirish ishlariga 592 traktor, uskunalar, 4 AN-2 samolyoti, 700 nafar ishchi-xodim jalb qilingan.

Mavsum boshidan buyon 1150 tonnadan ortiq cho‘l o‘simliklari urug‘i to‘plandi.

28.02.2021

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Таълим кредитиИшонч телефони8 May 202423 May 2024Xorazm viloyati
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Тадбиркорлик фаолияти учун дастурлар асосида имтиёзли кредитлар (иссиқхона, чорва, парранда, балиқ, қуён, асалари, тикувчилик, боғдорчилик, ҳунармандчилик ва бошқалар)Ишонч телефони9 Aprel 202419 Aprel 2024Andijon viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar