2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Xalq qabulxonasi: aholi muammolari doimiy nazoratda

Buxoro viloyati Olot tumani Xalq qabulxonasiga 2020 yilda 1 ming 870 ta murojaat kelib tushgan.

Ularning 1 ming 648 tasi hududdagi tashkilotlarga, 220 tasi yuqori tashkilotlarga ijro uchun yuborilgan.  

– Natijalar bo‘yicha tahlil qilinganda jami bo‘lib 1603 ta murojaat qanoatlantirilgan, – deydi Olot tumani Xalq qabulxonasi mudiri Sa’dulla O‘rinov. – Murojaatlarning 723 tasi ijobiy yechim topdi. Huquqiy maslahat va ma’lumot berish orqali hal qilinganlar 810 tani tashkil etadi. Hal etilishi qo‘shimcha hujjat, muddat va o‘rganish talab qilgan murojaatlar 70 ta bo‘lib, tushuntirish berilgan murojaatlar 135 ta, ko‘rib chiqilayotgan murojaatlar 124 tadir.

Murojaatlarni tasnifi bo‘yicha tahlil qilganda ko‘pgina qismi ish bilan ta’minlash, moddiy yordam olish, gaz, elektr, suv masalalari, uy-joylarini ta’mirlash, uy-joy, yer bilan ta’minlash, kredit olish, yo‘l qurilishi, sog‘liqni saqlash, pensiya va nafaqa tayinlash, aliment to‘lovlari va boshqa masalalarni tashkil qiladi.

– Eski Olot mahalla fuqarolar yig‘ini hududida maktabgacha ta’lim muassasasi yo‘qligi va sobiq maktabgacha ta’lim muassasasini ta’mirlab ishga tushirishda amaliy yordam so‘rab murojaat qilgandim, – deydi fuqaro Rahmatilla Atoqov. – Muassasa 1989 yilda qurilgan bo‘lib, 150 o‘ringa mo‘ljallangan. Murojaatim nazoratga olindi. Foydalanilmay kelinayotgan maktabgacha ta’lim tashkiloti binosini mukammal ta’mirlash uchun 2020 yil Investitsiya Davlat dasturiga kiritilib, 2,8 milliard so‘m mablag‘ ajratildi. Bino zamonaviy rekonstruksiya qilinib, to‘liq ta’mirlandi.  

Tumandagi G‘anchi Chandir mahalla fuqarolar yig‘inida 725 ta xonadon mavjud. 3 ming 480 nafar aholi istiqomat qiladi. Hududdagi “Qorako‘l-Yangibozor-Xo‘jadavlat temir yo‘l bekati” avtomobil yo‘lida joylashgan ko‘prik o‘ta ta’mirtalab ahvolga kelib qolgandi. Mahalla fuqarolar yig‘ini aholisi tomonidan ushbu ko‘prikni ta’mirlab berishlarini so‘rab tuman Xalq qabulxonasiga murojaat qilingan. Murojaat mutaxassislar tomonidan o‘rganilib 2020 yilda ko‘prik Olot tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi tomonidan to‘liq ta’mirlandi. Yangi ko‘prikning uzunligi 23 metr, eni 10 metr bo‘lib, qurish ishlari uchun 550 million so‘m mablag‘ sarflangan.

Xalq qabulxonasiga kelib tushgan murojaatlar asosida tuman elektr ta’minoti korxonasi tomonidan 2020 yilda 28,4 kilometr elektr tarmoqlari liniyalari hamda 5 dona transformatorlar yangilangan. 14 dona transformator punktlarida tar’mirlash ishlari olib borilgan. Tuman sektorlar rahbarlarining hududlarda yoshlar bilan uchrashuvlar grafigiga asosan 2020 yilda 64 ta uchrashuvlar tashkil qilingan. O‘tkazilgan uchrashuvlar davomida 264 ta masalada murojaatlar kelib tushgan. Shundan joyida hal qilingan masalalar soni 188 tani, ko‘rib chiqilishi nazoratga olingan masalalar soni 31 tani va tushuntirish berilgan masalalar soni 45 tani tashkil qiladi.

Tuman Xalq qabulxonasi hamkor tashkilotlar bilan birgalikda 135 ta ijtimoiy va boshqa ob’ektlarda o‘rganishlar o‘tkazilgan. Jami o‘rganilgan ijtimoiy va boshqa ob’ektlardan 127 tasida 429 ta muammoli holatlar aniqlangan. Aniqlangan muammolarning aksariyati binolardagi issiqlik tizimidagi qozonlar ta’mirtalabligi, issiqlik tizimi qozonlari ko‘rikdan o‘tkazilmaganligi, binolarning eshik va deraza romlari talabga javob bermasligi, yong‘in xafvsizligi qalqonida birlamchi o‘t o‘chirish vositalari yetarli darajada emasligi kabi muammolar hisoblanadi. Hamkorlikda o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida aniqlangan 429 ta muammoli masalalardan bugungi kungacha 192 tasi mas’ullar tomonidan bartaraf qilindi.  

Tumandagi 1-sektor hududi Qirtay mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 19-son maktab binosidagi issiqlik tizimi qozonlari ta’mirtalab holga kelganligi aniqlangan edi. Ushbu maktabda issiqlik tizimini ta’mirlash uchun mahalliy byudjetdan 50 million so‘m mablag‘ ajratilib, ta’mirtalab qozonlar almashtirilgan va issiqlik tizimi ta’mirlab berilgan.

13.02.2021

Foydali resurslar