Shavkat Mirziyoyev
“Oʼzbekiston — 2030” strategiyasi mamlakatning barqaror va inklyuziv rivojlanishini taʼminlash maqsadida ishlab chiqilgan va Oʼzbekistonning uzoq muddatli rivojlanish yoʼnalishlarini belgilaydi.
47 nafar ayolga subsidiya asosida tikuv mashinasi beriladi

Navoiy viloyatida ham “Ayollar” va “Yoshlar” daftariga kiritilgan xotin-qizlar va yoshlarni ish bilan ta’minlash, ularni foydali mehnatga jalb qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Konimex tumanida ayni daftarga kiritilgan 147 nafar ishsiz fuqaro bandligini ta’minlash maqsadida bo‘sh ish o‘rinlari “Mehnat yarmarkasi” tashkil etildi.

Unda 20 ta ishlab chiqarish korxonasi va 42 ta muassasasa vakillari o‘zlarida mavjud 438 ta bo‘sh ish o‘rni bilan ishtirok etdi. Dastlab ishtirokchilar ishlab chiqarish korxonalari tomonidan tashkil etilgan ko‘rgazma bilan tanishib, ularning faoliyati to‘g‘risida birlamchi ma’lumotlarga ega bo‘ldi.  

Yarmarkada “Real Invest” MCHJga 15 nafar, “Riverstone Powders” MCHJga 13 nafar, “Shojon Tuz Group” MCHJga 14 nafar, “Tikuvchi ayollar” kooperativiga 35 nafar, mahalla mehnat inspektori lavozimiga 2 nafar, tuman MTMga 1 nafar va “Agrobank” tuman filialiga 1 nafar, jami 81 nafar fuqaro ishga joylashtirildi.

Tikuvchilik kasbiga o‘qib, sertifikat olgan, yarmarka doirasida “Tikuvchi ayollar” kooperativiga ishga kirgan 47 nafar ayolga subsidiya shartlari asosida tikuv mashinalari taqdim etildi. Ularga uy sharoitida daromad topishlari uchun birlamchi mahsulotlar yetkazib beriladigan bo‘ldi.  

12.02.2021

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Суғурта фаолиятиПрезидент почтаси19 Sentabr 202427 Sentabr 2024Farg`ona viloyati
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Пиллачилик соҳасига оид масалаларИшонч телефони26 Iyun 20243 Iyul 2024Andijon viloyati
Электр таъминотидаги узилишларИшонч телефони28 Iyun 202419 Iyul 2024Sirdaryo viloyati
Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланишиИшонч телефони1 Iyul 202419 Iyul 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar