O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi faoliyatining uzluksizligini ta’minlash maqsadida vaqtinchalik texnik profilaktika ishlari olib borilishi munosabati bilan 24:00 dan 05:00 ga qadar murojaatlarga fayl biriktirish jarayonida qisman uzilish kuzatilishini ma’lum qilamiz. Vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Yoshlar tarbiyasiga mas’ul rahbarlar o‘qitilmoqda

Davlat boshqaruvi akademiyasida Prezidentimizning Oliy Majlis va xalqqa Murojaatnomasi hamda "Yoshlar forumi"da belgilab berilgan vazifalar yuzasidan yoshlar tarbiyasiga mas’ul bo‘lgan davlat idoralari rahbarlari ishtirokida ikki kunlik o‘quv-seminar boshlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi bilan hamkorlikda tashkil etilgan seminarning ochilishida Prezident maslahatchisining birinchi o‘rinbosari Qahramon Quronboyev, Bosh vazir o‘rinbosari Behzod Musayev, Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining Yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosarlari ishtirok etdi.  

“Yoshlar: 1+1” dasturi doirasida ishsiz va uyushmagan yoshlarni kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish, ularga ustoz-shogird an’anasi asosida hunar o‘rgatish, ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlar qatlami bilan samarali ishlash mexanizmini yo‘lga qo‘yish hamda davlatimiz rahbarining 2020 yil 13 oktyabrdagi “Aholini tadbirkorlikka jalb qilish tizimini takomillashtirish va tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra, yoshlarga imtiyozli foizlarda mikrokreditlar ajratish tartibi bo‘yicha o‘quv dasturlari o‘tkazilayotgani ta’kidlandi.

Mamlakatimiz bo‘ylab yoshlar kichik sanoat zonalarini tashkil etish, Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan yoshlarga subsidiya va grantlar ajratish tartibi, yoshlar dasturlari ijrosini monitoring qilish bo‘yicha yoshlar@argos.uz platformasini tashkil qilish masalalari muhokama qilindi.

–Bugungi kunning asosiy muammolaridan biri yoshlarning bandligini ta’minlashdir, –deydi Yoshlar ishlari agentligining Toshkent viloyati boshqarmasi boshlig‘i Zuhra Mirg‘oziyeva. –Hozir biz viloyatimizda 30 mingdan ortiq yoshning banligini ta’minlashga erishishimiz kerak. Shu asosda ularni o‘qitish, kasb-hunarga tayyorlash va ish bilan ta’minlash maqsadida tegishli choralarni ko‘ryapmiz. Xususan, Savdo-sanoat palatasi va Bandlikka ko‘maklashish markazi bilan birgalikda “Tadbirkor:1+1” tamoyili asosida yoshlarni ish bilan band qilish masalalarini amalga oshiryapmiz. Tadbirkorlik bilan shug‘ullanishni xohlagan yoshlarga imtiyozli kreditlar ajratib, o‘z g‘oyalarini amalga oshirishi uchun sharoit yaratayapmiz. Jumladan, Bo‘stonliq tumanida noyabr oyida  70 nafar yosh imtiyozli kredit olib, 100 ga yaqin tengdoshini ish bilan ta’minlashga erishdi. Dekabr oyida esa 100 nafar yosh imtiyozli kredit olib, biznesini yo‘lga qo‘ydi. Bu jarayon Toshkent viloyatining boshqa tuman va hududlarida ham davom etmoqda.  

Shuningdek, seminar o‘quv dasturidan "Yoshlar murojaati" elektron platformasini yaratish, "Bir million dasturchi" loyihasi doirasida 300 ming nafar yoshni dasturlash asoslariga bepul o‘qitish, OTMga kirish imtihonlarida eng yuqori ball to‘plagan 200 nafar yosh uchun Prezident grantini tashkil etish, magistratura va doktorantura tadqiqotchilariga qabul kvotalarini hamda madaniyat-san’at yo‘nalishlariga har bir tumandan 5 nafar yoshni o‘qishga qabul qilish, umumta’lim maktablarida yoshlar yetakchilari faoliyatini takomillashtirish hamda maktab infratuzilmasini samarali tashkil etish mavzulari o‘rin olgan.

07.01.2021

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Қимматли қоғозлар бўйича дивидендларIshonch telefoni7 Sentabr 201916 Sentabr 2019Qashqadaryo viloyati
Уй-жой билан таъминлашXalq qabulxonasi10 Avgust 201917 Sentabr 2019Toshkent viloyati

Foydali resurslar