Shavkat Mirziyoyev
“Oʼzbekiston — 2030” strategiyasi mamlakatning barqaror va inklyuziv rivojlanishini taʼminlash maqsadida ishlab chiqilgan va Oʼzbekistonning uzoq muddatli rivojlanish yoʼnalishlarini belgilaydi.
Chekka qishloqlardagi aholi sayyor xizmatdan mamnun

Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanning Xumson qishlog‘i Ugom tizmasi g‘arbiy chekkasining janubiy-sharqiy yonbag‘irlarida, Ugam daryosi bo‘yida joylashgan bo‘lib, tabiati, o‘ziga xos takrorlanmas landshaftlari, iqlimi bilan ajralib turadi.

Bu yerda 3 mingdan ortiq aholi istiqomat qilayotgan bo‘lib, davlat xizmatlariga doimo ehtiyoj sezadi. Tuman markaziga biror hujjat bilan bog‘liq yumush uchun borib kelish, ayniqsa, qish-qirovli kunlari ancha  qiyinchilik tug‘diradi. Tabiiyki, aholi tog‘ sharoitida ancha masofa bosib, yo‘lga ko‘p vaqt sarflaydi.

Bo‘stonliq tumani Davlat xizmatlari markazi tomonidan aholiga sayyor xizmat ko‘rsatish uchun maxsus jihozlangan avtobus yordamida uzoq hududlarga chiqish amaliyoti bu kabi ovoragarchiliklarga chek qo‘ymoqda. Navbatdagi manzil Xumson qishlog‘i bo‘ldi. Joriy yil davomida chekka va olis hududlar, aholi gavjum bo‘lgan joylarda 250 ga yaqin sayyor xizmat ko‘rsatildi.

— Markaz xodimlarining o‘zi yashash manzillarimizga kelib sayyor tarzda davlat xizmatlarini ko‘rsatib kelmoqda, — deydi hududda yashovchi  G‘ilmon Abduraimov. — Davlat xizmatlari markazi mutaxassislari tezkor xizmat ko‘rsatishi orqali tashvishimizni yengillashtirdi. Yashab turgan uy-joyimizni kadastrdan o‘tkazish harakatida edim. Endi ancha masofa bosib tuman markaziga borishga hojat qolmadi. Anchadan beri o‘ylab yurgan muammomiz tezda hal bo‘ldi.  

Maxsus avtobusda mutaxassislar tomonidan mahallaning 15 nafar fuqarosiga tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, elektr   tarmoqlariga ulanish, manzil-ma’lumot axborotlarini taqdim etish kabi davlat xizmatlari ko‘rsatildi.

Shuningdek, fuqarolarga davlat xizmatlari sohasiga oid yangiliklar, xizmat turlari, yangi qabul qilingan farmon va qarorlar mazmun-mohiyati to‘g‘risida ham tushunchalar berildi.

28.12.2020

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Суғурта фаолиятиПрезидент почтаси19 Sentabr 202427 Sentabr 2024Farg`ona viloyati
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Пиллачилик соҳасига оид масалаларИшонч телефони26 Iyun 20243 Iyul 2024Andijon viloyati
Электр таъминотидаги узилишларИшонч телефони28 Iyun 202419 Iyul 2024Sirdaryo viloyati
Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланишиИшонч телефони1 Iyul 202419 Iyul 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar