Chirchiq shahridagi Qurilish kasb-hunar maktabida 3-sektor rahbari, Chirchiq shahar ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi, polkovnik Dilshod Muhammadjonov boshchiligida sayyor qabul boʻlib oʻtdi.
Jamiyatimizda yoshlar va xotin-qizlarning faolligini oshirish, ularning bandligini taʼminlash, ayniqsa, ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini moddiy va maʼnaviy qoʻllab-quvvatlash, qolaversa, aholi tomonidan yoʻllanayotgan murojaatlarni ijobiy hal etish ustuvor vazifalaridan sanaladi.
Hududdagi “Amir Temur”, “Bahor”, “Madaniyat”, “Birlik”, “Yulduz”, “Quyosh”, “Lola”, “Iftixor”, “Doʻstlik” nomli MFYlarda istiqomat qilayotgan fuqarolar mavjud kamchiliklar, ularni oʻylantirgan masalalar yuzasidan 3-sektor rahbariga murojaat etishdi.
Sayyor qabulda, shuningdek, Chirchiq shahar hokimi Sanjar Yusupov, Xalq deputatlari Chirchiq shahar kengashi raisi oʻrinbosari Ravshan Dastirov, shahardagi korxona va tashkilotlar rahbarlari, Xalq deputatlari Chirchiq shahar kengashi deputatlari ham ishtirok etishdi.
Uy-joy, kommunal xizmat koʻrsatish, tibbiyot va boshqa ijtimoiy, iqtisodiy, maishiy masalalarda qilingan murojaatlar koʻrib chiqilib, tegishli chora-tadbirlar belgilanib, amaliy yordam koʻrsatildi. Sayyor qabul doirasida nogironligi bor bir nafar oilaga tikuv mashinasi, bir nafar nogiron fuqaroga esa nogironlik aravachasi berildi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови тўхтатилганлиги | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |
Мажбурий ижро бюроси ходими хатти-ҳаракатлари | Веб-сайт | 9 Mart 2024 | 27 Mart 2024 | Jizzax viloyati |
Шартнома ва битим шартларининг бажарилмаслиги | Веб-сайт | 3 Aprel 2024 | 24 Iyun 2024 | Toshkent viloyati |