2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Chirchiq shahrida sayyor qabul tashkil etildi

Chirchiq shahridagi Qurilish kasb-hunar maktabida 3-sektor rahbari, Chirchiq shahar ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi, polkovnik Dilshod Muhammadjonov boshchiligida sayyor qabul boʻlib oʻtdi.

Jamiyatimizda yoshlar va xotin-qizlarning faolligini oshirish, ularning bandligini taʼminlash, ayniqsa, ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini moddiy va maʼnaviy qoʻllab-quvvatlash, qolaversa, aholi tomonidan yoʻllanayotgan murojaatlarni ijobiy hal etish ustuvor vazifalaridan sanaladi.

Hududdagi “Amir Temur”, “Bahor”, “Madaniyat”, “Birlik”, “Yulduz”, “Quyosh”, “Lola”, “Iftixor”, “Doʻstlik” nomli MFYlarda istiqomat qilayotgan fuqarolar mavjud kamchiliklar, ularni oʻylantirgan masalalar yuzasidan 3-sektor rahbariga murojaat etishdi.

Sayyor qabulda, shuningdek, Chirchiq shahar hokimi Sanjar Yusupov, Xalq deputatlari Chirchiq shahar kengashi raisi oʻrinbosari Ravshan Dastirov, shahardagi korxona va tashkilotlar rahbarlari, Xalq deputatlari Chirchiq shahar kengashi deputatlari ham ishtirok etishdi.

Uy-joy, kommunal xizmat koʻrsatish, tibbiyot va boshqa ijtimoiy, iqtisodiy, maishiy masalalarda qilingan murojaatlar koʻrib chiqilib, tegishli chora-tadbirlar belgilanib, amaliy yordam koʻrsatildi. Sayyor qabul doirasida nogironligi bor bir nafar oilaga tikuv mashinasi, bir nafar nogiron fuqaroga esa nogironlik aravachasi berildi.

27.12.2020

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Иш ҳақи ва унга тенглаштирилган тўловларни ундиришIshonch telefoni5 Iyun 202117 Iyun 2021Andijon viloyati

Foydali resurslar