2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Rahbar va yoshlar uchrashuvi: aksariyat muammolar joyida hal etildi

Buxoro viloyatida sektor rahbarlarining “Rahbar va yoshlar” loyihasi doirasida uchrashuvlari bo‘lib o‘tmoqda.

Kogon shahrida viloyat davlat xavfsizlik xizmati, viloyat prokuraturasi, ichki ishlar va davlat soliq boshqarmasi rahbarlari hamda Kogon shahar hokimligi hamkorligida  ana shunday tadbir o‘tkazildi.  

Viloyat ichki ishlar boshqarmasi hamda mudofaa boshqarmasi xodimlarining ko‘rgazmali chiqishlari, jangovar qurollar, maxsus vositalar va maxsus texnikalarning namoyishi hamda harbiy orkestrning vatanparvarlik g‘oyalari yo‘g‘rilgan kuy-qo‘shiqlari bilan boshlangan tadbirda Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta tashabbus asosida yaratilgan yoshlarning ijodiy ishlari ko‘rgazmasi yig‘ilganlarga katta taassurot qoldirdi. 

Tadbirda 100 ga yaqin bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etgan korxonalar tomonidan mehnat yarmarkasi tashkil etildi. Unda yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan ish o‘rinlariga ega bo‘ldi. Ishlab chiqarish yo‘nalishlarida dastgohlar namoyishida ta’minotchi korxonalar yosh tadbirkorlarga arzon narxlarda zamonaviy uskunalarni taklif etdi.  

Kogonlik yoshlar bilan muloqot yangi tashabbus va takliflarga boy bo‘ldi. Viloyat rahbarlari yigit-qizlar bilan samimiy suhbatlashdi. Ularning taklif va mulohazalari, muammolari tinglandi.

Viloyat davlat soliq boshqarmasi tashabbusi bilan sektor ishchi guruhi tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnomada ishtirok etgan bo‘lajak yosh tadbirkorlarning  30 nafariga tijorat banklarining kredit sertifikatlari topshirildi.  

Sektor rahbarlari shu yerning o‘zida yigit-qizlarning beznes rejalari va tadbirkorlik yo‘nalishidagi takliflarini mutaxassislar ishtirokida o‘rgandi. 20 dan ortiq yoshlarga ham tijorat banklarining kredit sertifikatlari olib berildi.  

– Tadbirkorlik faoliyatimni boshlash uchun bankdan kredit olishda qiynalayotgan edim, – deydi kogonlik 24 yoshli Zulxumor Xoliqova. – bugungi tadbirda rahbarlar mening g‘oyamni qo‘llab-quvvatlashdi. Bankning 30 million so‘mlik kredit sertifikatini olib berishga yaqindan yordam berishdi. Bundan juda ham xursand bo‘ldim.  

Uchrashuvda ko‘plab yoshlarning ishsizlik va uy-joy bilan bog‘liq muammolari ijobiy hal etildi.

– Ko‘pdan beri ishsiz edim, – deydi Gulshan Qurbonova. – bugungi uchrashuv men uchun samarali bo‘ldi. Doimiy ish joyiga ega bo‘ldim. Endi men ham oilamga moddiy tomondan yordam beradigan bo‘ldim. Juda ham xursandman.  

Uchrashuvda kogonlik yoshlardan yana biri Sevdiyor Jo‘raqulovning ham sektor rahbarlariga qilgan murojaati e’tibordan chetda qolmadi. Endi u ham boshqa tengdoshlari singari yaxshi maoshli mehnat o‘rniga ega bo‘ldi.

Tadbirda chet eldagi oliy o‘quv yurtlaridan birini bitirib kelgan yoshlardan biri Dilshod Fayziyev ishga joylasha olmayotganligini bildirdi. Ushbu masalaga viloyat prokurorining shaxsan o‘zi e’tibor qaratib, murojaatni ijobiy hal etishga va’da berdi.  

Tadbirning yana bir e’tiborli tomoni unda viloyat rahbarlari hududdagi yurt taqdiriga daxldorlik tuyg‘usi bilan yashab, ilm va kasb-hunar sirlarini puxta o‘rganayotgan, fan olimpiadalarida yuqori o‘rinlarni egallagan hamda sportning turli yo‘nalishlarida yurt bayrog‘ini ko‘klarga ko‘tarayotgan chempion o‘g‘il-qizlarga 4-sektorning faxriy yorliqlari va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Hududdagi “Temir daftar” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan fuqarolarning ham ayrim muammolari hal etildi. Ularga uy-ro‘zg‘or ishlari uchun zarur bo‘lgan maishiy texnika jihozlari yangi yil sovg‘asi sifatida berildi.  

Tadbirda shaharning “Istiqlol” va “Amir Temur” mahallasida yashovchi “Yoshlar daftari”ga kiritilgan ikki nafar yoshlarga “Agrobank” Kogon shahar bo‘limi tomonidan kredit asosida tikuv mashinasi olish bo‘yicha imtiyozli kredit sertifikatlari topshirildi.  

150 nafardan ortiq yoshlar qatnashgan uchrashuvda 50 ga yaqin murojaatlar qabul qilindi. Aksariyat murojaatlar shu yerning o‘zida ijobiy hal etildi. 20 dan ortiq yoshlar tomonidan berilgan takliflar qo‘llab-quvvatlandi. Viloyat hamda shahar mutassaddilariga zaruriy ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.  

Tadbir doirasida aholi uchun arzonlashtirilgan oziq-ovqat yarmarkasi tashkil etildi.

24.12.2020

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar