Shavkat Mirziyoyev
“Oʼzbekiston — 2030” strategiyasi mamlakatning barqaror va inklyuziv rivojlanishini taʼminlash maqsadida ishlab chiqilgan va Oʼzbekistonning uzoq muddatli rivojlanish yoʼnalishlarini belgilaydi.
J. Ortiqxo‘jayev: yoshlarimizning kelajagiga ishonaman

“Tashkent city”da joylashgan Kongress xoll majmuasida Toshkent shahar hokimligi Yoshlar ishlari agentligi bilan hamkorlikda o‘tkazgan “Poytaxt yoshlari” festivalida Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev “2021 yilda poytaxtdagi yoshlar hayoti” mavzusida taqdimot o‘tkazdi.

Unda kelgusi yilda mamlakatimizda ta’lim, sport, sog‘liqni saqlash va boshqa yo‘nalishlarda amalga oshiriladigan ishlar haqida ma’lumot berildi.

Shuningdek, yig‘ilishda hokim yurtimizda yoshlarga yaratilayotgan sharoitlar, bu sharoitlardan unumli foydalanayotgan yoshlar, xususan, tiktokerlar haqida fikrlarini bildirdi.

– Bundan ikki yil avval jamiyatimizda blogerlar o‘z faoliyati bilan namoyon bo‘ldi, – deydi Jahongir Ortiqxo‘jayev. – Ochig‘ini aytganda, ularning faoliyatini ko‘pchiligimiz tanqid qildik. Blogerlarni hech narsaga yaramaydi, oldi - qochdi, bo‘lar-bo‘lmas narsalarni yozishadi, deya tanqid qilishdi. Endi tiktokerlar chiqayotganda ularga tanqid bilan qarashayapti. Bunga o‘rganish kerak. Tiktokerlarga taqiq qo‘yish emas, ularni to‘g‘ri yo‘lga yo‘naltirish bo‘yicha ish olib borishimiz kerak. Yoshlarga to‘g‘ri yo‘nalish ko‘rsatib, qilayotgan ishlaridan samarali foydalansa bo‘ladi, deb o‘ylayman. Ular bilan birga ishlaymiz, ularga tayanch bo‘lamiz, ularni himoya qilamiz. Bugun ahamiyatsiz bo‘lib ko‘rinayotgan tiktokerlar ertaga ahamiyatli shaxsga aylanishiga, umuman yoshlarimizga ishonaman.

Yoshlar festivali so‘nggida faol ishtirok etgan bir guruh yoshlar qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

20.12.2020

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Суғурта фаолиятиПрезидент почтаси19 Sentabr 202427 Sentabr 2024Farg`ona viloyati
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Пиллачилик соҳасига оид масалаларИшонч телефони26 Iyun 20243 Iyul 2024Andijon viloyati
Электр таъминотидаги узилишларИшонч телефони28 Iyun 202419 Iyul 2024Sirdaryo viloyati
Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланишиИшонч телефони1 Iyul 202419 Iyul 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar