2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Qishga tayyorgarlikda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tanqidiy tahlil qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida o‘tgan videoselektor yig‘ilishida qishga tayyorgarlikda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni hal etish masalalari tanqidiy tahlil qilindi.

Bu yil kuzda keskin sovuq tushib, ob-havo avvalgi yillarga nisbatan erta pasaydi. Elektr energiyasi, tabiiy va suyultirilgan gaz hamda issiqlik ta’minotida tez-tez uzilishlar bo‘ldi. Bu vaziyat tarmoqlar va hududlarning qish mavsumiga tayyor emasligini yaqqol ko‘rsatib berdi. Yaqinda benzin narxi ham oshdi. Bular aholining haqli e’tirozlariga sabab bo‘lmoqda.

– Menga balandparvoz gaplar va raqamlar kerak emas. Joylardagi rahbarlarning ishlari natijasiga ijtimoiy tarmoqlarda xalqimiz o‘zi xolis baho bermoqda, – dedi Shavkat Mirziyoev.

Yig‘ilishda sohadagi kamchiliklarni bartaraf etish, energiya resurslari ta’minotini yaxshilash choralari muhokama qilinmoqda.

Qish mavsumida tarmoq va hududlarda uzluksizlikni ta’minlash uchun sutkasiga 10-12 million kilovatt-soat qo‘shimcha elektr energiyasi ishlab chiqarish zarurligi qayd etildi. Bu quvvatni “Toshkent”, “Sirdaryo”, “Yangi Angren” elektr stantsiyalaridagi 900 megavattli 5 ta energoblokni ishga tushirish hisobidan ta’minlash bo‘yicha topshiriq berildi.

Uzilishlarga, asosan, taqsimlovchi tarmoqlarning 60 foizi eskirgani hamda elektr energiyasiga talabning oshib borayotgani sabab bo‘lmoqda. Shu bois past va o‘rta kuchlanishli tarmoqlarni bosqichma-bosqich modernizatsiya qilish bo‘yicha dastur ishlab chiqib, ijrosiga tezroq kirishish zarurligi ta’kidlandi.

Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, bugungi kunda gaz ta’minotida sutkasiga 20 million kub metr tanqislik mavjud. Oqibatda mingdan ziyod mahallada tabiiy gaz bosimi pasaygan.

– Gaz tizimi bilan bog‘liq muammolar bugun yuzaga kelmagani, balki o‘ttiz yildan beri bizni qiynab kelayotganidan barchamiz xabardormiz. Lekin buni bahona qilishga hech kimning haqqi yo‘q. Xalqimizga gaz kerak, ularning ko‘pchiligi buning uchun to‘lovlarni o‘z vaqtida halol qilib, to‘lab kelmoqda, – dedi Prezident.

Davlat rahbari gaz eksportini qisqartirib, avvalo aholi ehtiyojlarini qondirish yuzasidan ko‘rsatma berdi. Buning hisobiga kuniga 7-8 million kub metr tabiiy gaz qo‘shimcha ravishda hududlarga yo‘naltiriladi. Shuningdek, aholi ehtiyojini qoplash uchun yana 217 ming tonna suyultirilgan gaz etkazib berish vazifasi qo‘yildi.   

Samarasiz ishlayotgan 25 ta konni investorlarga “risk-servis kontrakt” shartlari asosida berib, tabiiy gaz ishlab chiqarishni ko‘paytirish mumkinligi aytildi.

Joylarda ko‘mir bilan bog‘liq e’tirozlar ham bor. Aholi va ijtimoiy ob’ektlar uchun ajratilgan mahalliy ko‘mirning 60 ming tonnasi hali egalariga etkazib berilmagani ko‘rsatib o‘tildi.

17.12.2020

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Иш ҳақи ва унга тенглаштирилган тўловларни ундиришIshonch telefoni5 Iyun 202117 Iyun 2021Andijon viloyati

Foydali resurslar