2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Nukusda quriladigan gidroponika issiqxonasiga “Temir daftar”dagi fuqarolar ishga joylashtiriladi

Nukus shahri “Jiydeli Baysin” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 14 gektar yer maydonida zamonaviy gidroponika usulida issiqxona majmuasi quriladi. Qurilish yakuni bilan 200 nafar ishsiz fuqarolar ish bilan ta’minlanadi va ular “temir daftar”dan chiqariladi.

Bu haqida shahar hokimi Utemurat Panayev Xalq deputatlari Nukus shahri kengashining navbatdagi sessiyasida ma’lum qildi.

Hokimning ma’lum qilishicha, Prezidentimizning 2020 yil 2 oktyabr kuni Qoraqalpog‘istonga tashrifi chog‘ida tasdiqlangan investitsiya dasturiga muvofiq 2020-2022 yillarda Nukus shahrida umumiy qiymati 882,6 milliard so‘mlik 1 ming 639 ta yangi ish o‘rni yaratuvchi 181ta loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilgan. Ushbu investitsion mablag‘lar hisobidan «BIO ECO AGRO IMPEKS» (“MYUNGSONG PLACON CO. Ltd”) MCHJning umumiy miqdori 50 milliard 400 million so‘m (5,0 mln dollar xorijiy investitsiya asosida) bo‘lgan 200 ta yangi ish o‘rnini yaratadigan «zamonaviy gidroponika usulida issiqxona majmuasini qurish» ham loyihalashtirilgan.

Shahar aholisining 4,7 foizi kambag‘al oilalar hisoblanib, pandemiya sharoitida 5 ming 767 oilalar “temir daftar”ga kiritilgan. Shahardagi xayr-saxovat ko‘rsatuvchi tadbirkorlar va shaxsiy tashabbuslari bilan yordam ko‘rsatgan tashkilotlar tomonidan olib borilgan ijobiy ishlar natijasida jami 4 ming 540 oilalar “temir daftar”dan chiqarilgan. bugungi kunda “temir daftar”da 1 ming 227, ya’ni, shahar aholisining 1,6 foizi davlat yordamiga muhtoj kambag‘al oilalar hisobida turadi.

13.12.2020

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar