
Namangan viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Shavkat Abdurazzoqov Namangan tumanida bo‘lib nogironligi bo‘lgan kishilarning xonadonlariga bordi.
Dehqonobod mahallasida yashovchi Fotima Obidova 64 yoshda, birinchi guruh nogironi. Viloyat rahbari opa bilan suhbatlashdi. U kishiga nogironlik aravachasi, kir yuvish mashinasi va oziq-ovqat mahsulotlari topshirildi.
78 yoshga to‘lgan Tursunali Qo‘chqorov Nurtepa mahallasida istiqomat qiladi. Taqdir taqozosi bilan birinchi guruh nogironligiga yo‘liqqan. Tursunali otaga ham yo‘qlov davomida nogironlik aravachasi, kir yuvish mashinasi va oziq-ovqat mahsulotlari taqdim etildi.
– Bunday insonlarni nafaqat qandaydir sanalar munosabati bilan, balki doimo yo‘qlab turishimiz kerak. Ular bizning e’tibor va muloqotimizdan ruhiy quvvat olishadi, o‘zini shu jamiyatning muhim a’zosi sifatida his etadi, – dedi Shavkat Abdurazzoqov.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |