2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Zafarobodda sayyor qabul boʻlib oʻtdi

Yurtimizda xalq bilan ochiq muloqot qilish, aholining talab va takliflarini oʻrganish, ularning dardlarini tinglash, muammolarni imkon darajasida joyida hal etish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonalari, sektorlar rahbarlari va davlat organlarining muhim vazifalaridan biri hisoblanadi.

Jizzax viloyatining Zafarobod tumani markazidagi madaniyat saroyida yuqoridagi tashkilotlarning navbatdagi sayyor qabuli boʻlib oʻtdi. Unda tumanda yashovchi fuqarolardan xalq qabulxonalariga, viloyat, tuman hokimliklariga va boshqa davlat tashkilotlariga kelib tushgan murojaatlar va bevosita qabulga tashrif buyurgan aholining muammolari oʻrganildi.

— Bundan bir necha yillar oldin koʻchamiz qishda loy, yozda chang, tuproq boʻlgani uchun aholi murojaatiga asosan shagʻal toʻkilgan edi, u ish ham koʻchani bir qismida amalga oshirildi, qolgani bajarilmay qolib ketgan edi, — deydi tumanning “Nurafshon” qishloq fuqarolar yigʻini, Oqqoʻrgʻon koʻchasida yashovchi Zulxumor Azimova. — Shu masala boʻyicha sayyor qabulga keldim. Murojaatim viloyat hokimi tomonidan ijobiy qabul qilindi va bir kilometrlik koʻchamizga shagʻal yotqizish ishlariga koʻrsatma berildi. Biz bundan juda minnatdormiz.

Sayyor qabulda aholini qish mavsumida tabiiy va suyultirilgan gaz, elektr energiyasi, koʻmir mahsulotlari bilan taʼminlash, ichimlik suvini yetkazib berish, yangi ish oʻrinlarini yaratish, tadbirkorlikka toʻsiq boʻlayotgan muammolar va ularni bartaraf etish, yoʻllarning ahvoli, maktabgacha taʼlim muassasalari, tadbirkorlik uchun yer maydonlari ajratish, maishiy xizmat shoxobchalari uchun qurilish joylarini ajratish kabi masalalar boʻyicha 100 ga yaqin murojaatlar kelib tushdi va ularni bartaraf etish boʻyicha tegishli tashkilotlarga belgilangan muddatlar asosida topshiriqlar berildi va kelgusi sayyor qabulda mazkur masalalarga yana bir bor qaytilishi belgilab qoʻyildi.

Uchrashuv doirasida Jizzax viloyat hokimi Ergash Saliyev tomonidan tumandagi 24 nafar yoshlar sardorlariga 100 nomdagi kitoblar jamlanmasi sovgʻa qilindi.

01.12.2020

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Таълим кредитиИшонч телефони8 May 202423 May 2024Xorazm viloyati
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Тадбиркорлик фаолияти учун дастурлар асосида имтиёзли кредитлар (иссиқхона, чорва, парранда, балиқ, қуён, асалари, тикувчилик, боғдорчилик, ҳунармандчилик ва бошқалар)Ишонч телефони9 Aprel 202419 Aprel 2024Andijon viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar