Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi Jahon banki bilan hamkorlikda "O‘zbekistondagi qishloq ayollarining iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish" loyihasini amalga oshirmoqda.
Samarqand viloyati sudi raisi Olim Hayitov Payariq tuman Xalq qabulxonasida fuqarolar bilan uchrashuv va sayyor qabul o‘tkazdi.
Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov Shahrixon tumanidagi “Yuzlar” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, mahalla aholisi bilan muloqot o‘tkazdi.
Qoraqolpog‘iston Respublikasi Kegayli tumani hokimining o‘rinbosari, oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i G.Murodboyeva rahbarligidagi bir guruh kegaylilik faol ayollar Andijonda bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari - Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi raisi Zulayho Mahkamova Samarqand viloyatidagi mahallalarda bo‘lib, xotin-qizlar manfaatlarini himoya qilish, ular uchun munosib turmush sharoiti yaratish borasidagi ishlar, oilalar hayoti bilan tanishdi.
Poytaxtimizning Yunusobod tumanidagi Sobirobod mahallasida 10 mingga yaqin aholi istiqomat qiladi. Keng ko‘lamli bunyodkorlik, obodonchilik ishlari samarasi hududda ko‘p qavatli uylarning qiyofasi yangilandi, yo‘laklari, kommunikatsiya tarmoqlari ta’mirlandi.
Mamlakatimiz mustaqilligining o‘ttiz bir yillik to‘yi oldidan Andijon viloyatida “Xotin-qizlar bilan ishlash dolzarb o‘n kunligi” e’lon qilindi.
Termiz shahridagi Imom Termiziy xalqaro ilmiy tadqiqot markazida Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolovning tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 11 martdagi “Yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori qabul qilingan edi.
Jizzax viloyati Do‘stlik tumanida viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, 3-sektor rahbari, general mayor G‘ayrat Qodirov tuman hokimi Shavkat Darveshev, tuman sektorlari rahbarlari ishtirokida ommaviy qabul tashkil etildi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Иш ҳақи, устама ҳақ ва қўшимча тўловларни ҳисоблаш ва тўлаш | Ишонч телефони | 1 Avgust 2024 | 14 Avgust 2024 | Andijon viloyati |
Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пуларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |
Электр энергияси таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |