2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Yangiliklar
27.04.2023Yangiliklar

Senat raisi mahalladagi “beshlik” faoliyati bilan tanishdi

Ayni paytda Samarqandda bo‘lib turgan Oliy Majlis Senati raisi T.Norboyeva Samarqand shahridagi Charmgari mahallasida hududdagi mahalla fuqarolar yig‘inlarida faoliyat ko‘rsatayotgan “beshlik” – rais, hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi va profilaktika inspektorlari bilan uchrashdi.

26.04.2023Yangiliklar

Senat Raisi Qoraqalpog‘iston Respublikasida aholi bilan muloqot qildi

Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Norboyeva Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahri, Chimboy, Kegeyli va Xo‘jayli tumanlarida mahalla raislari, mahalliy kengash deputatlari, tadbirkorlik sub’ektlari, fermerlar, yoshlar yetakchilari, hokim yordamchilari, profilaktika inspektorlari, xotin-qizlar faollari, nuroniylar, ijodkor va kashfiyotchi o‘quvchi yoshlar hamda talabalar bilan uchrashib, muloqot qildi.

25.04.2023Yangiliklar

Yangilanayotgan Konstitutsiya inson qadrini ulug‘laydigan muhim hujjat bo‘ladi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri N.Ismoilov va bir guruh deputatlar Namangan viloyatida turli soha vakillari bilan uchrashib, yangilanayotgan Konstitutsiyadan o‘rin olgan qoidalar, ularning mazmun-mohiyati, ahamiyati haqida keng ma’lumotlar berdi.

24.04.2023Yangiliklar

Videoselektordagi topshiriqlar ijroda

Muborak Ramazon Hayiti arafasida Jizzax viloyatining Mirzacho‘l tumanidagi 4-sektor hududida joylashgan “Toshkent” hamda “Gulzor” qishloq fuqarolar yig‘inlarida uyushmagan yoshlar uchun mini-futbol maydonlari qurib, foydalanishga topshirildi.

23.04.2023Yangiliklar

Botir Zaripov hindistonlik talabalar bilan uchrashdi

Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida tahsil olayotgan xorijiy talabalar bilan uchrashdi.

22.04.2023Yangiliklar

Tim TORLOT: O‘zbekiston so‘nggi olti yilda juda katta yutuqlarga erishdi

Ma’lumki, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi –O‘zA muntazam ravishda mamlakatimizdagi elchixonalar, xalqaro tashkilotlar rahbarlari bilan suhbatlar uyushtirib boradi. Loyihamizning navbatdagi mehmoni – Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Tim Torlot.

21.04.2023Yangiliklar

Surxondaryoda tadbirkor 40 ta ehtiyojmand oilaga uy hadya qildi

Sherobod tumanida ehtiyojmand xotin-qizlar, kam ta’minlangan va nogironligi bor oilalar uchun 40 xonadonga mo‘ljallangan ikkita besh qavatli uy foydalanishga topshirildi.

19.04.2023Yangiliklar

Respublika ishchi guruhining Toshkentdagi amaliy natijalari

Davlatimiz rahbari topshirigʻiga asosan tuzilgan Respublika Ishchi guruhi Toshkent shahridagi faoliyatini davom ettirmoqda.

18.04.2023Yangiliklar

Endi ularning ham o‘z uyi bor

Termiz shahridagi Manguzar mahallasida ehtiyojmand, kam ta’minlangan oilalar uchun qurilgan 10 ta ijtimoiy uy-joyni foydalanishga topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Иш ҳақи, устама ҳақ ва қўшимча тўловларни ҳисоблаш ва тўлашИшонч телефони1 Avgust 202414 Avgust 2024Andijon viloyati
Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пуларининг тўланишиИшонч телефони1 Iyul 202419 Iyul 2024Jizzax viloyati
Электр энергияси таъминотидаги узилишларИшонч телефони28 Iyun 202419 Iyul 2024Sirdaryo viloyati
Суғурта фаолиятиПрезидент почтаси19 Sentabr 202427 Sentabr 2024Farg`ona viloyati

Foydali resurslar