Стратегия действий по пяти приоритетным направлениям развития Республики Узбекистан в 2017-2021 годы
Fuqarolar murojaati – doimiy eʼtiborda

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Kogon tumanidagi Xalq qabulxonasiga joriy yil davomida jami 412 ta murojaat kelib tushgan.

Xalq qabulxonasining nazorati ostida 276 ta murojaatlar tuman tashkilotlariga, 136 tasi esa yuqori tashkilotlarga koʻrib chiqish uchun yuborilgan. Murojaatlarning 249 tasi ijobiy hal qilingan. 102 ta murojaatga huquqiy tushuntirish berilgan. Qolgan 61 ta murojaat esa koʻrib chiqish jarayonida.

 

Kelib tushgan murojaatlar tasnifi boʻyicha tahlil qilinganda aksariyatini uy-joy, yer bilan taʼminlash, ishga joylashtirish, aliment, sogʻliqni saqlash, gaz, elektr, suv masalalari tashkil qiladi.

 

– Tuman Xalq qabulxonasi tomonidan sektorlarning mahallalarga chiqib sayyor qabullar tashkil qilish reja-grafigi tuzilgan, – deydi Xalq qabulxonasi mudiri Said Mirzayev. – Reja-grafik asosida joriy yilning shu vaqtiga qadar 72 ta sayyor qabul oʻtkazilgan. Unda 1 ming 730 nafar fuqaroning murojaati tinglangan.

 

Tuman Choloki MFY Qasri Orifon qishlogʻi 24-uyda yashovchi fuqaro Qosim Fayziyevning joriy yilning 19-oktyabr kunidagi murojaati yuzasidan 1-sektor rahbari va ishchi guruhi ishtirokida uning yashash joyi borib oʻrganildi. Murojaatchi “Temir daftarda” boʻlib, kam taʼminlanganlar roʻyxatida turadi. Oilaviy sharoiti, kam taʼminlanganligi inobatga olinib, nafaqat uning talabiga koʻra uyining tom qismini taʼmirlab berish, balki uning hovlisiga qoʻshimcha xonalar qurish uchun ishlar boshlab yuborildi. Tuman 1-sektori tomonidan unga sement, gʻisht, shifer kabi qurilish materiallari yetkazib berildi. Murojaat muallifiga Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati J.Karimov tomonidan un, yogʻ va 10 dona tovuq yetkazib berildi.

 

Oʻrganish natijalariga koʻra, ayrim hollarda murojaatlarni koʻrib chiqishda masʼul idoralar tomonidan murojaatchilarning vajlari toʻliq oʻrganilmasdan, murojaatning ijobiy yechimini topish choralari koʻrilmasdan tushuntirish berish bilan cheklanmoqda. Masalan, tuman Taraqqiyot MFY Dexmirzayon qishlogʻida yashovchi 1986-yilda tugʻilgan fuqaro Nodirbek Rahmatov yangi qurilgan uyiga gaz oʻlchagich oʻrnatish maqsadida “Kogontumangaz” filialiga bir necha bor murojaat qilganiga qaramay tushuntirish bilan cheklanib qolganligi aniqlandi. Xalq qabulxonasi tomonidan uning murojaati nazoratga olinib, mutasaddi tashkilotlar tomonidan uning xonadoniga gaz hisoblagich uskunasi oʻrnatilib, murojaatning ijobiy hal etilishiga erishildi.

 

Tuman Xalq qabulxonasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Adminstratsiyasining topshirigʻi asosida hududlarda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarini oʻrganish sektorlar shtablari aʼzolari bilan hamkorlikda doimiy amalga oshirib kelinmoqda.

 

Kogon tuman aholisini markazlashgan ichimlik suvi bilan taʼminlanganlik darajasi 54 foizni tashkil etadi. “Buxoro suv taʼminoti” MCHJ Kogon shahar boʻlimi tomonidan 45 ta aholi punktida xizmat koʻrsatiladi. “Buxoro suv taʼminoti” MCHJ Buxoro shahar boʻlimi tomonidan 64 ta aholi puntklariga markazlashgan ichimlik suvi taʼminoti orqali xizmat koʻrsatilmoqda.

 

Qolgan aholi punktlariga (35 ming 758 nafar) transportda tashish yoʻli orqali ichimlik suvi yetkazib beriladi.

 

Tuman xalq taʼlim boʻlimi tasarrufida 23 ta umumtaʼlim muassasasi mavjud boʻlib, shundan 22 ta umumtaʼlim maktabi, 1 ta ixtisoslashtirilgan maktab va 1 ta “Barkamol avlod” markazi faoliyat yuritmoqda. Tumanda jami 8 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti faoliyat yuritib kelmoqda.

 

Tibbiyot sohasi boʻyicha aholiga 4 ta QOP, 4 ta QVP va 1 ta koʻp tarmoqli markaziy poliklinika birlamchi tibbiy sanitariya yordamini koʻrsatib kelmoqda. Mazkur ijtimoiy obyektlarda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari xalq qabulxonasi tomonidan doimiy nazoratga olingan.

 

photo_2020-10-26_16-09-40.jpg

 

photo_2020-10-26_16-09-50.jpg

 

photo_2020-10-26_16-09-55.jpg

25.10.2020

Решенные обращения

Тип классификации обращенияСпособ направленияДата принятияДата рассмотренияРегион
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Февраль 202421 Февраль 2024Республика Каракалпакстан
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Февраль 202426 Февраль 2024Сурхандарьинская область
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Февраль 202423 Февраль 2024Самаркандская область
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Январь 202424 Февраль 2024Бухарская область
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Октябрь 202323 Февраль 2024Ташкентская область
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Ноябрь 202327 Февраль 2024Ташкентская область
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Февраль 202420 Февраль 2024Джизакская область

полезные ресурсы