Стратегия действий по пяти приоритетным направлениям развития Республики Узбекистан в 2017-2021 годы
Muammolarni joyida o‘rganishning samarasi katta

Buxoro viloyati hokimi O‘.Barnoev xalq bilan muloqot doirasida Kogon tumanining olis “Elobod” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida o‘tkazgan tadbir o‘ziga xos bo‘ldi.

Dastlab voha rahbari tegishli soha mutasaddilari bilan shaxsan ko‘chama-ko‘cha va uyma- uy yurib, aholi hayoti bilan tanishdi, ularni qiynayotgan muammolarni o‘rgandi.

 

Har bir inson taqdiri o‘ziga xos. Aksariyat davlat tomonidan yaratilgan qulaylik va erkinliklardan foydalanib, qobiliyatu qiziqishiga mos tanlagan kasblarida o‘z o‘rnini topib, jamiyat ravnaqiga hissa qo‘shyapti hamda farovon yashayapti. Lekin ayrimlar salomatligi zavol topishi va boshqa sabablarga ko‘ra, turmush muammolariga duch kelmoqda. Ammo shu narsa aniqki, jamiyatimizda bunday insonlar e’tibordan qolmaydi. Bunga Elobodlik uchinchi guruh nogironi Dilrabo Rahmonova yana bir bor ishonch hosil qildi.

 

Salomatligida muammo bo‘lgan ayolga tag‘in qiyinki, ikki qiz va bir o‘g‘il tashvishi uning yelkasida.To‘g‘ri, mahalla fuqarolar yig‘inidagilar qarab turishgani yo‘q. Moddiy yordam ko‘rsatyapti. Lekin, baribir, oilaning yashash sharoiti ko‘ngildagidek emas.

 

photo5393619376722258988.jpg

 

Viloyat rahbari Dilrabo Rahmonovaning xonadoni bilan tanishdi, dardini tingladi. Albatta, oilaga tegishli ijtimoiy yordam ko‘rsatilishini bildirdi.

 

E’tiborlisi shuki, ehtiyojmand xonadon bu madadni shu kuni oldi. Qizlaridan biri Shahnoza Yodgorova hududdagi qishloq vrachlik punktiga ishga joylashtirildi. Xonadonga oziq- ovqat, mahsulotlari yetkazib berildi. Yana eng muhimi, oila 50 ta tovuq va ikki bosh qo‘y bilan ham ta’minlandi. Bu xonadondagilar qo‘shimcha daromad topishi uchun katta imkoniyat, albatta.

 

Dilrabo opaning mahalladoshi Guljahon Shirinovaning ham ko‘ngli bir olam quvonchga to‘ldi. Turmush o‘rtog‘i vafot etgan va ikki nafar farzandi bilan qolgan bu ayolga oson emas edi.

 

Qurilishi boshlangan uy necha yildirki, chalaligicha turibdi, uni nihoyasiga yetkazishga Guljahon opaning ko‘zi yetmayotgandi. Ammo viloyat rahbari tashrifidan so‘ng ayolning kayfiyati o‘zgardi. Chala yotgan uy qurilishini poyoniga yetkazibgina qolmay, hatto uni birinchi darajali jihozlar bilan ta’minlash bo‘ycha mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi. Axir, ijtimoiy yordamga muhtoj oilani qo‘llab-quvvatlash xalqimizga xos olijanoblik-da.

 

photo5393619376722258989.jpg

 

– Ikki bor insultni boshdan kechirdim, – deydi 75 yoshni qarshilayotgan shu mahallalik otaxon Sobir Ashurov. – Xudoga shukr, og‘ir vaziyatdan chiqib oldim. Lekin shifokorlar menga yilda ikki bor shifoxonada davolanishni tavsiya qilishmoqda. Ammo qo‘lim kalta. Ro‘zg‘ordan orttirganimiz dori-darmonga zo‘rg‘a yetib turibdi. Hokimimizdan imkon bo‘lsa, imtiyozli ravishda kasalxonada davolanishda yordam so‘radim. Masala yechim topdi. Sog‘liqni saqlash boshqarmasi tomonidan sentabr oyining dastlabki o‘n kunligida viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida davolanishga yo‘llanma beriladigan bo‘ldi.

 

Mahallada xalq bilan muloqotning ikkinchi qismi sayyor qabul tarzida kechdi. Unda 42 nafar fuqaroning murojaati tinglandi, 64 ta yozma murojaat qabul qilindi. Ular asosan sog‘liqni saqlash, ishga joylashish, maktabda sport zali qurish, uy-joy, moddiy yordam, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash hamda kommunal masalalarga oid bo‘ldi. 

 

Qabulda ko‘tarilgan ijtimoiy masalalarning aksariyati joyida hal etildi. Masalan, mahalla ahli vakillarining talab va istaklaridan kelib chiqib, yozda chang ko‘tariladigan, yog‘ingarchilik davrida yurib bo‘lmas holga keladigan yo‘lga shag‘al yotqizildi.

 

Elobodliklar va viloyat boshqa hududlaridan tashrif buyurgan aholi vakillarining murojaatlariga turtki bo‘lgan hamda o‘rganish va muddat talab etadigan qator masalalarni hal etish yuzasidan mutasaddilarga tegishli ko‘rsatmalar berildi. Ular ijrosi shaxsan viloyat hokimining nazoratiga olindi.

 

Erkin YoDGOROV, O‘zA

22.08.2019

Решенные обращения

Тип классификации обращенияСпособ направленияДата принятияДата рассмотренияРегион
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Февраль 202421 Февраль 2024Республика Каракалпакстан
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Февраль 202426 Февраль 2024Сурхандарьинская область
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Февраль 202423 Февраль 2024Самаркандская область
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Январь 202424 Февраль 2024Бухарская область
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Октябрь 202323 Февраль 2024Ташкентская область
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Ноябрь 202327 Февраль 2024Ташкентская область
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Февраль 202420 Февраль 2024Джизакская область

полезные ресурсы