Стратегия действий по пяти приоритетным направлениям развития Республики Узбекистан в 2017-2021 годы
Farg‘onada sayyor qabul: Hal qilingan muammolar soni rekord darajaga yetdi

Mudofaa vazirining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari, general-mayor Azizbek Ikramov boshchiligidagi sayyor qabul guruhining Sharqiy harbiy okrugdagi xalq bilan muloqotlari davom etmoqda.

Vazirlik matbuot xizmati ma’lum qilishicha, Farg‘ona garnizonida joylashgan Ma’naviyat va ma’rifat markazida bo‘lib o‘tgan sayyor qabul davomida bir necha yildan buyon qator tashkilot va idoralar eshigida sarsonu sargardon bo‘lsa-da, mushkuli oson bo‘lmay kelayotgan aksariyat harbiy xizmatchilar, ularning oila a’zolari, nafaqadagi harbiylar hamda ko‘plab yurtdoshlarimizning murojaatlari o‘rganilib, muammolari o‘z vaqtida hal etildi.

 

Zaxiradagi mayor Akmal Azamjonov 2011 yilda xizmat shartnomasi tugagani va o‘sha paytdagi oilaviy sharoitining mushkulligi tufayli xizmatni davom ettira olmagan va zaxiraga bo‘shatilgan. Shundan buyon u qayta shartnoma tuzish uchun sarson bo‘lib kelmoqda. Viloyat mudofaa ishlari boshqarmasida tibbiy ko‘riklardan o‘tib, shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatga chaqirilishi uchun zarur bo‘ladigan barcha hujjatlarni jamlagan bo‘lsa ham, goh jismoniy imtihonlarga kiritilmas, jarayonning navbatdagi bosqichlariga o‘ta olmay kelayotgan edi.

Sayyor qabul davomida uning bu muammosiga yechim topildi.

 

– Ishonasizmi, bu masala bo‘yicha hatto Prezident portaliga ham uch marotaba yozma murojaat qildim, – deydi A.Azamjonov. – Doim hal qiluvchi paytlarda ishim paysalga solinar, muhim ma’lumotnomalarni ololmasdim va mas’ul mutasaddilar bu qog‘ozlarning yo‘qligini pesh qilishar edi. Bugun murojaatim bo‘yicha aniq javob oldim. Bu ishni shaxsan Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni nazoratiga oladigan bo‘ldi. Qisqa fursat ichida ijobiy hal etilishi ta’kidlandi.

 

photo_2019-06-14_10-36-15.jpg

 

Shuningdek, qabulda viloyatdagi davlat va jamoat tashkilotlari vakillari ham aksariyat murojaatlariga ijobiy yechim topdi.

 

Kapitan Ilhom Ahmedovning rafiqasi Zarina Ahmedovaning ham quvonchi cheksiz. U Farg‘ona viloyati xalq ta’limi boshqarmasi vakillari ko‘magi bilan 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab, Farg‘ona shahrida joylashgan kollejlarning birida oziq-ovqat texnologi sifatida o‘qituvchilik qiladigan bo‘ldi.

 

Turli muammolar bilan sayyor qabul guruhiga murojaat qilgan yoshu qarining moddiy va ma’naviy ehtiyojlari qanoatlantirildi. Uysiz uyli, ishsiz ishli, sog‘lig‘i yomonlashgan salomatligini tiklaydigan bo‘ldi.

 

Sayyor qabul davomida Farg‘ona viloyati bo‘yicha jami – 308 murojaat o‘rganilib, yakuniy natijalarga ko‘ra, ularning 60,7 foizdan ortig‘i joyida ijobiy hal etildi. 39,3 foizga yaqin masalalarni vazirlik va tashkilotlar bilan hamkorlikda bir oy muddatda hal etish belgilab olindi.

 

O‘zA

14.06.2019

Решенные обращения

Тип классификации обращенияСпособ направленияДата принятияДата рассмотренияРегион
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Февраль 202421 Февраль 2024Республика Каракалпакстан
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Февраль 202426 Февраль 2024Сурхандарьинская область
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Февраль 202423 Февраль 2024Самаркандская область
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Январь 202424 Февраль 2024Бухарская область
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Октябрь 202323 Февраль 2024Ташкентская область
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Ноябрь 202327 Февраль 2024Ташкентская область
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Февраль 202420 Февраль 2024Джизакская область

полезные ресурсы