
Surxondaryo viloyatidagi Muzrabot tuman hokimi Abdulla Mamatqulov tuman Xalq qabulxonasida aholi murojaatlarini tinglab, ular o‘rtaga tashlagan masalalarga yechim izladi.
Ochiq muloqot shaklida o‘tkazilgan qabul chog‘ida fuqarolar va tadbirkorlarning 70 dan ortiq murojaati eshitildi. Aholi asosan ijtimoiy sohalar va kommunal xizmatlarda duch kelayotgan muammolar, ish bilan ta’minlash, yer ajratish, tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda boshqa dolzarb masalalarni o‘rtaga tashladi.
Shu kuni murojaatlarning aksariyati sohalar mutasaddilari bilan qabul jarayonining o‘zida hal etildi. Qo‘shimcha o‘rganish talab etadigan masalalar yuzasidan tegishli soha va tashkilot rahbarlariga aniq topshiriqlar berilib, ularning ijrosi qat’iy nazoratga olindi.
Tuman hokimi har haftaning bir kuni fuqarolar va tadbirkorlarning murojaatlarini tinglab, ularning masalalarini yechish choralarini ko‘rmoqda.
| Тип классификации обращения | Способ направления | Дата принятия | Дата рассмотрения | Регион |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Сентябрь 2024 | 27 Сентябрь 2024 | Ферганская область |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 Май 2024 | 18 Сентябрь 2024 | Навоийская область |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Июнь 2024 | 3 Июль 2024 | Андижанская область |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Июнь 2024 | 19 Июль 2024 | Сырдарьинская область |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Июль 2024 | 19 Июль 2024 | Джизакская область |