
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Sirdaryo viloyati shahar va tumanlaridagi Xalq qabulxonalariga 11ta “Cobalt” rusumli xizmat avtomashinalari tantanali topshirildi.
Xalq qabulxonalariga “Cobalt” rusumli xizmat avtomashinalari topshirildi (Foto)
Tadbirda xalq qabulxonalari bugungi kunda aholi muammolarini o‘rganish va ularning echimlari topishda samarali tizimni yo‘lga qo‘ygani bois fuqarolar murojaatlarini qabul qilishda ovoragarchiliklarning kamaygani, bundan tashqari tizimga ko‘plab mutasaddi tashkilotlar vakillarining jalb etilgani sababli murojaatlarning aksariyati joyida hal etilayotgani ta’kidlandi.
"Davlatimiz rahbarining joriy yil 17 yanvardagi “Aholi muammolari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi farmoniga ko‘ra, xalq qabulxonalari vakillariga aholi xonadonlarida uyma-uy yurib, ularning muammolarini o‘rganish, tahlil qilish hamda sektorlar faoliyatini nazorat qilish kabi vazifalar yuklatilgan edi", – deydi Sirdaryo viloyati Prezident Xalq qabulxonasi mudiri Qo‘ldoshev Xolmirza. – "Mazkur farmonda xalq qabulxonalarini avtomashinalar bilan ham ta’minlanishi ko‘zda tutilgan edi. Mana bugun “Cobalt” rusumli xizmat avtomashinalarini qabul qilib oldik. Albatta bu rag‘bat zimmamizdagi mas’uliyatni yanada oshiradi. Bu mashina tumandagi olis-olis qishloqlarga ham bemalol borib kelish, u erdagi aholi muammolarini atroflicha o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etadi".
Tadbirda Sirdaryo viloyati hokimi G‘.Mirzaev ishtirok etdi.
| Тип классификации обращения | Способ направления | Дата принятия | Дата рассмотрения | Регион |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Сентябрь 2024 | 27 Сентябрь 2024 | Ферганская область |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 Май 2024 | 18 Сентябрь 2024 | Навоийская область |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Июнь 2024 | 3 Июль 2024 | Андижанская область |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Июнь 2024 | 19 Июль 2024 | Сырдарьинская область |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Июль 2024 | 19 Июль 2024 | Джизакская область |