Стратегия действий по пяти приоритетным направлениям развития Республики Узбекистан в 2017-2021 годы
«Uyingiz buzilyapti ekan... Nima muammo?»

Zarqaynar 7-berk ko‘chasi 4-A uyda istiqomat qilayotgan Dilmurod Mansurov muammosi hal bo‘lmayotgan kishilardan.

Uning aytishicha, bir yildan buyon nogironlik nafaqasiga chiqish ilinjida bormagan joyi, yalinmagan odami qolmagan. Tuman markaziy shifoxonasi xodimlari uning ahvoli kundek ravshan bo‘lib tursa-da, uni nogironlik nafaqasiga chiqarishni paysalga solmoqda. Xalq qabulxonasining bevosita aralashuvi va ko‘magi bilan bu fuqaroning ham murojaati ijobiy hal etiladigan bo‘ldi.

«Insonlarning dardu tashvishlarini o‘ylab yashash — odamiylikning eng oliy mezonidir». Prezidentimizning odamlar qalbidan chuqur joy olgan bu so‘zlari bugun mamlakatimizda barcha soha va tarmoqlarda amalga oshirilayotgan tub o‘zgarish va islohotlarni harakatlantiruvchi qudratli kuchga, ta’bir joiz bo‘lsa, ularning g‘oyaviy o‘zagiga aylandi.

Xalqimizning hayotiy talab va ehtiyojlarini ta’minlash, odamlarimizni rozi qilish yo‘lidagi zalvorli ishlar aynan ana shunday ezgu va hayotbaxsh g‘oyalar asosida olib borilmoqda. Bu esa, o‘z navbatida, xalqning, odamlarning davlatdan, olib borilayotgan keng islohotlardan rozi bo‘lib yashashiga omil bo‘lmoqda.

Ayniqsa, kundan-kunga davlat idoralarining xalqqa yanada yaqinroq bo‘lishi uchun, ularning dardu tashvishlarini joyida hal etish yo‘lida yangidan-yangi qaror va farmonlar qabul qilinayotir. Xususan, «Aholi muammolari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» qabul qilingan Prezident Farmoni bilan davlat idoralari rahbarlariga juda katta mas’uliyat yuklandi. 

Farmon bilan Xalq qabulxonalariga qo‘shimcha huquq va vazifalar berildi. Unga ko‘ra, 
2019 yil 1 fevraldan Xalq qabulxonalari muammolarni uyma-uy yurib o‘rganadi. Aniqlangan muammolar hududlar mahallalar va xonadonlar kesimida tahlil qilinadi. Ularni bartaraf etish yuzasidan qisqa (1 yillik)va o‘rta muddatli tadbirlar rejasi ishlab chiqiladi. 
Ushbu rejalarning ijrosi Prezident Administratsiyasi tomonidan bevosita nazorat qilinadi.
Toshkent shahar, Olmazor tumani Xalq qabulxonasi ham farmon ijrosini ta’minlashga allaqachon kirishib ketgan. Ayni paytda Xalq qabulxonasi Olmazor tumani, Hasti Imom mahallasidagi vaziyat bilan tanishmoqda.

— Mahallamizda 8 ming 179 nafar aholi istiqomat qiladi, — deydi «Hasti Imom» mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Davronbek ­RAHMATULLAEV. — Davlatimiz rahbarining bevosita tashabbusi bilan Hasti Imom mahallasida ulkan ­bunyodkorlik — Islom tsvilizatsiya markazi qurilayotganidan aksariyatning xabari bor, albatta. Qurilish boshlangunga qadar mahallada 688 ta xonadon bor edi. Shundan 155 tasi buzildi. Uyidan ajralganlarga davlat tomonidan boshqa joydan uylar qurib berilmoqda. Ular bitgunga qadar yashab turishi uchun har bir xonadonga o‘n bir yarim million so‘m atrofida kompensatsiya to‘lab berildi. Ayni paytda 533 ta xonadon qoldi. Maygacha buzilishlar to‘xtatib turilibdi. Shunga qaramay, taxminan yuzga yaqin xonadon buzilishi mumkin.

Mahalla oqsoqolining aytishicha, hududda o‘rtahol oilalar bor, lekin kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtojlar yo‘q. Aholining asosiy muammosi uy-joy etishmovchiligi ekan. Bitta xonadonda yigirma kishi, to‘rt-besh aka-uka siqilib yashashiga to‘g‘ri kelmoqda. 
Xalq qabulxonasi, mahalla faollari bilan birga xonadonma-xonadon yurar ekanmiz, bu gaplarning nechog‘li haqiqat ekanini angladik. Aholi bilan suhbatlashar ekanmiz, ularning mazkur hududda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlaridan rozi ekanining guvohi bo‘ldik. 

— Hasti Imom mahallasida oltmish yildan beri yashayman, — deydi biz bilan suhbatda ko‘rinishidan ancha yosh, lekin saksonni qoralagan onaxon. — Bunday xayrli ishlar amalga oshirilayotganini bajonidil qo‘llab-quvvatlaymiz. 

Garchi uylarimiz buzilishga tushgan, aholimiz yaqin oylarda boshqa hududlarga ko‘chirilishi aniq bo‘lgan joyda omonat yashayotgan biz kabi fuqarolarning turmush sharoitini o‘rganib yurgan mutasaddilarga tashakkur. 

Albatta, bunday xayrli ishlarning barchasining boshida davlat rahbari turibdi. Mening yagona o‘tinchim shu joylarga bog‘lanib qolganman. Ota-bobolarim, qarindosh-urug‘larimning bari shu erlik. Shu bois bizga beriladigan uy-joylar shu yaqin atrofdan berilsa, nur ustiga nur bo‘lar edi. Harqalay, bir umr yashagan joyingdan boshqa joyga ko‘nikish biz kabi keksalarga biroz og‘irlik qiladi.

Onaxonning gaplarida jon bor, albatta. Harqalay, bir joyda shuncha yil ahil-inoqlikda, yaqinlar davrasida yashagan odamning boshqa joyda qo‘nim topib ketishi biroz mushkul. Onaxonning yoshiga nisbatan ancha yosh ko‘rinishi asosiy sababi ham aynan ahil-inoq, tinch-totuv hayot kechirishidandir balki. 

«Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak», degan tamoyil hayotimizga tatbiq qilingach, ko‘p sohalarda ijobiy o‘zgarishlar kuzatilmoqda. Bu, ayniqsa, oddiy xalqning hayotida o‘z aksini topayotgani quvonarli hol. Axir, hozirgi islohotlarning bari inson omili uchun amalga oshirilyapti. Zero, «Xalqimiz o‘z hayotida ijobiy o‘zgarishlarni ertaga emas, uzoq kelajakda emas, aynan bugun ko‘rishi kerak».

G‘ulomjon 
MIRAHMEDOV,
«Oila davrasida» muxbiri
 

15.02.2019

Решенные обращения

Тип классификации обращенияСпособ направленияДата принятияДата рассмотренияРегион
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Октябрь 202323 Февраль 2024Ташкентская область
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Ноябрь 202327 Февраль 2024Ташкентская область
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Январь 202424 Февраль 2024Бухарская область
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Февраль 202421 Февраль 2024Республика Каракалпакстан
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Февраль 202420 Февраль 2024Джизакская область
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Февраль 202426 Февраль 2024Сурхандарьинская область
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Февраль 202423 Февраль 2024Самаркандская область

полезные ресурсы