O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholiga sifatli ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatish hamda uning samarali nazorat tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni asosida aholiga ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatish sifatini tubdan oshirish, davlat tomonidan aholini manzilli himoya qilish borasida yangi tizim yaratildi.
Bugungi kunda Ijtimoiy himoya tizimini takomillashtirish doirasida Ijtimoiy himoya milliy agentligi Buxoro viloyati boshqarmasi hamda 13 ta tuman (shahar) “Inson” ijtimoiy xizmatlari markazi faoliyati tashkil qilinib, 544 ta mahallalarda 540 ta kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi xodim lavozimi joriy etildi. Ijtimoiy himoya milliy agentligi viloyat boshqarmasi boshlig‘i Umidjon Umarov O‘zAga tizimda yakunlangan 2024 yilda amalga oshirilgan ishlar borasida o‘z fikrlarini bayon etdi.
“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari va ijtimoiy xodimlar tomonidan 103 turdagi (shundan, 65 turdagi ijtimoiy xizmatlar va yordamlar ko‘rsatish, 16 turdagi tushuntirish berish hamda 22 turdagi referal) xizmatlar ko‘rsatib kelinmoqda. Tizim joriy etilgandan boshlab mahalladagi ijtimoiy xodim va markazdagi operatorlar tomonidan 2024-yilda 86 911 ta arizalar qabul qilingan bo‘lib, shundan 29 823 tasiga xizmat ko‘rsatildi.
Aholidan kelib tushayotgan murojaatlarni ijobiy hal qilish maqsadida, boshqa tizimlarda analogi kuzatilmaydigan nafaqat murojaatchining, balki o‘sha xonadondagi barcha oila a’zolarining muammo va imkoniyatlarini kompleks tarzda baholab, ijroga qaratadigan “Keys menejment” tizimi sohada tub o‘zgarishlarni amalga oshirmoqda.
Yil davomida 7 415 ta oilaga ijtimoiy ish (“keys”) ochilib, 5 930 tasida birlamchi va 1 485 tasida kompleks baholash o‘tkazildi. Oilalar bilan ijtimoiy xizmat va yordamlar ko‘rsatish bo‘yicha individual rejalar ishlab chiqildi. Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq o‘tgan yilning 1 iyulidan boshlab “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi takomillashtirildi.
Natijada, yordam ko‘rsatish va qaror qabul qilish mahallalar darajasida amalga oshiriladi, bu esa ko‘rib chiqish va yordam ko‘rsatish muddatini 5-10 kungacha qisqartirish imkonini berdi. “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ijtimoiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha 4 533 ta arizalar kelib tushgan bo‘lib, ularning 1 713 tasiga xizmat ko‘rsatildi.
Avvalgi nogironlikni belgilash tizimidan ya’ni Tibbiy ijtimoiy ekspert komissiyasidan nafaqat nogironligi bo‘lgan shaxslar, balki keng jamoatchilik norozi bo‘lib kelgan. Yurtboshimizning 2024 yil 16 iyuldagi “Nogironlikni belgilash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, Tibbiy komissiya ko‘rigi uchun fuqarolarning hujjatlari oilaviy shifokorlar tomonidan elektron yuboriladi.
Tibbiy ijtimoiy ekspert komissiyalari faoliyati optimallashtirilib, tuman va tumanlararo komissiyalar soni 6 tadan 9 taga yetkazildi, barcha komissiyalarda Pediatr vrach ekspert shtatlari ochildi. Natijada, kunlik ko‘riklar soni 10-12 tagacha (3 baravar kam) tushirildi. Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qulay muhit yaratish, nogironlikni belgilash va bu toifadagi aholini protez-reabilitatsiya vositalari bilan ta’minlash hamda adaptiv sport turlariga jalb qilish asosiy vazifalardan biri hisoblanadi.
Viloyatda bugungi kunda 2 million nafardan ortiq aholi istiqomat qilayotgan bo‘lib, ularning 59 512 nafarini nogironligi bor bo‘lgan shaxslar tashkil etadi. Joriy yilda mahallalardagi 59 512 nafar nogironligi bo‘lgan shaxslarga 21 692 ta xizmatlar ko‘rsatish orqali ularning ijtimoiy muammolari bartaraf etildi.
Bugungi kunga qadar 290 nafar nogironligi bo‘lgan shaxsga tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashildi va 108 nafari byudjet tashkilotlaridagi bo‘sh ish o‘rinlariga ishga joylashtirildi. Shuningdek, 7 902 nafar shaxs hududdagi bo‘sh ish o‘rinlari mavjud korxonalarga joylashtirildi.
Yaqinda, nogironligi bo‘lgan shaxslarni sportga jalb etish orqali jismoniy reabilitatsiya qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha yana bir yangi tizim yaratildi. Mazkur tizim orqali ko‘zi ojizlar va karlar uchun maxsus olimpiada sport turlari bilan shug‘ullanishi va sport inshootlariga borib kelishiga yordam berishi uchun “hamrohlik” xizmati ko‘rsatish imkoniyati yaratildi.
Sport bilan shug‘ullanish tavsiya etilgan 1 741 nafar nogironligi bo‘lgan shaxslar 20 ta sport maktablarida tashkil qilingan 120 ta parasport guruhlariga jalb qilindi, ularga 78 nafar malakali murabbiylar biriktirildi. Yaratib berilgan imkoniyatlar natijasida, parasport yo‘nalishida 62 nafar nogironligi bo‘lgan shaxslar Paralimpiya, Jahon chempionati, Osiyo o‘yinlari hamda O‘zbekiston, viloyat chempionatlarida sovrinli o‘rinlarni egallab kelmoqda.
Kambag‘allikni qisqartirish va aholi turmush farovonligini oshirish borasidagi “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirishda mahallalarda kambag‘al oilani aniqlash, uni kambag‘al oilalar reyestriga kiritish, kambag‘allikdan chiqarishga qaratilgan choralarni ko‘rish, reyestrdan chiqarish jarayonlari “mahalla yettiligi” tomonidan hamkorlik ishlar tashkil qilindi. 2024 yilning sentyabr oyidan boshlab har bir kambag‘alni uyiga borib suhbat o‘tkazib, daromadini oshirish bo‘yicha ishlar tashkil qilindi.
Buning uchun, dastlabki bosqichda 7585 ta oilaga 931 ta tuman (shahar) hamda 107 ta viloyat tashkilotlaridan rahbarlar va 330 ta tadbirkorlar jami 1368 ta rahbarlar 6 oy davomida ko‘mak ko‘rsatish maqsadida biriktirildi va bir qator ishlar amalga oshirildi.
Amalga oshirayotgan har bir islohot, har bir xayrli ish ortida albatta, ehtiyojmand aholi qatlamining dardiga darmon bo‘lish, ularning muammolariga ijobiy yechim topish, hayot sifatini yaxshilashdek maqsad bor. Zero, asosiy maqsadimiz ham xalqni rozi qilish.
Тип классификации обращения | Способ направления | Дата принятия | Дата рассмотрения | Регион |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 Май 2024 | 18 Сентябрь 2024 | Навоийская область |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Ноябрь 2023 | 27 Февраль 2024 | Ташкентская область |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Февраль 2024 | 20 Февраль 2024 | Джизакская область |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Февраль 2024 | 27 Февраль 2024 | Сурхандарьинская область |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Апрель 2024 | 2 Май 2024 | Ташкентская область |