
Ijtimoiy himoya milliy agentligi Navoiy viloyati boshqarmasi boshlig‘i Qahramon Rajabov va viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi rahbari Nurali Safoyev ishtirokida Nurota tumanining Nurobod mahallasida sayyor qabul o‘tkazildi.
Fuqarolar tomonidan bildirilgan masalalar birma-bir muhokama qilinib, ularning aksariyati joyida ijobiy hal etildi. Qolganlari ham qisqa muddatlarda o‘z yechimini topishi bo‘yicha mutasaddilarga topshiriqlar berildi. Murojaatlar asosan tibbiy muassasalarga davolanish va reabilitatsiya dasturini o‘tash uchun yo‘llanma berish, sog‘ligini tiklash uchun moddiy yordam ajratish, bandlikni ta’minlash va sanatoriyga ariza topshirish masalalariga doir bo‘ldi.
– Yurtboshimiz tashabbuslari bilan joylarda sayyor qabullar tashkil etilmoqda, – deydi Nuriya Xidirova. – Sayyor qabullar davomida aholimizni qiynab kelayotgan muammolariga yechim topilmoqda. Bugungi uchrashuvda sog‘ligimni tiklash maqsadida sanatoriyga yo‘llanma masalasida murojaat qildim. Murojaatim ijobiy hal etildi. “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasidan mablag‘ ajratishdi. Mahallamizdagi ijtimoiy xodim kelib, ahvolimdan xabar olib turadi.
Tadbir davomida ijtimoiy himoyaga muhtoj aholining muammolari xonadonlariga borgan holda ham o‘rganildi. Umuman olganda, qabul davomida 18 ta murojaat qabul qilinib, ularning aksariyatiga joyida yechim topildi. Vaqt va mablag‘ talab etadigan muammolar ijrosini ta’minlash bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqilib, ijrosi nazoratga olindi.
| Тип классификации обращения | Способ направления | Дата принятия | Дата рассмотрения | Регион |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Сентябрь 2024 | 27 Сентябрь 2024 | Ферганская область |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 Май 2024 | 18 Сентябрь 2024 | Навоийская область |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Июнь 2024 | 3 Июль 2024 | Андижанская область |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Июнь 2024 | 19 Июль 2024 | Сырдарьинская область |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Июль 2024 | 19 Июль 2024 | Джизакская область |