Стратегия действий по пяти приоритетным направлениям развития Республики Узбекистан в 2017-2021 годы
Aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash yuzasidan olib borilayotgan ishlar samarali kechmoqda

Yurtimizda aholi muammolari va ijtimoiy-iqtisodiy masalalarini o‘rganish va hal etish, bandligini ta’minlash yuzasidan olib borilayotgan ishlar samarasi oshmoqda.

Davlatimiz rahbari topshirig‘iga asosan Prezident maslahatchisi G‘ofurjon Mirzayev boshchiligidagi Respublika ishchi guruhi Farg‘ona viloyatidagi faoliyatini davom ettiryapti. Ishchi guruh Qo‘qonning 78 ta mahallasida 61 mingdan ziyod xonadon muammolari va ijtimoiy-iqtisodiy masalalarini o‘rganish, hal etish, bandlikni ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish hamda «mahalla yettiligi» faoliyatini samarali tashkil etish yuzasidan amaliy ishlar olib bormoqda.

Prezident Administratsiyasi, Xalq qabulxonasi, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi hamda qator vazirlik va idora vakillaridan tashkil topgan Ishchi guruh o‘rganishlari davomida aholi tomonidan 5,2 mingdan ziyod masala bo‘yicha murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, bugunga qadar ularning 81 foizga yaqini bartaraf etildi.

Murojaatlardan kelib chiqqan holda mahallalar infratuzilmasini yaxshilash maqsadida 1 mingdan ziyod ijtimoiy soha ob’ektlari atroflicha o‘rganildi. Aniqlangan 691 ta muammoli masaladan 352 tasi tezkorlik bilan bartaraf etildi. Qolganlari bo‘yicha ta’mir va obodonlashtirish ishlari o‘z yakuniga yetmoqda.

Xususan, o‘rganish natijasida jami 33 ta ta’lim tashkiloti, jumladan, 15 ta maktab va 18 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti tanlab olinib, qayta qurilgan va ta’mirlangan 30 ta muassasa foydalanishga topshirildi. Olib borilayotgan qurilish ta’mirlash ishlari bo‘yicha kunlik nazorat o‘rnatilgan.

Bundan tashqari, mahallalar infratuzilmasini yaxshilash maqsadida ichki yo‘llarning aksar qismi asfaltlanib, piyodalar yo‘lagi barpo etildi. Elektr ta’minoti talab darajasida bo‘lishi uchun 20 ta TPlar ta’mirlanib, 120 ta simyog‘och almashtirildi. Shu bilan birga, yangi SIP kabellar tortildi, qo‘shimcha ravishda 57 ta tungi yoritish chiroqlari o‘rnatildi. Gaz ta’minoti bo‘yicha 37 ta GRP kapital ta’mirlandi va yangilandi, 2 mingga yaqin xonadonga qo‘shimcha suyultirilgan gaz balloni yetkazib berildi. Ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash bo‘yicha esa 66 ta nosozliklar joyida bartaraf etildi.

Ko‘p qavatli uylar holatini yaxshilash bo‘yicha ishlar olib borildi, 32 ta uyning kirish yo‘laklari ta’mirlandi. Uylar atrofiga basketbol va voleybol maydonlari barpo etildi. Mahallada 2 ta bolalar maydonchasi to‘liq ishga tushirildi, 2 ta avtomobil va 1 ta piyodalar ko‘prigi o‘rnatildi.

O‘rganishlar natijasida og‘ir sharoitda yashab kelayotgan 69 ta fuqaroning uylari quruvchi tashkilotlar va homiylar hisobidan bepul ta’mirlab berildi.

Sektorlar rahbarlari, «mahalla yettiligi» bilan «Sayxunobod tajribasi» asosida 406 ta mikroloyiha amalga oshirildi. Natijada 1 mingga yaqin fuqaro doimiy ish bilan band qilindi. Xususan, mahallalarda yangi tashkil etilgan tikuv sexlarida o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli bitirib kelib, subsidiya asosida ishlab chiqarish dastgohlariga ega bo‘lgan ayol-qizlar ish bilan ta’minlandi.

Hokim yordamchilari hamda bank vakillari bilan hamkorlikda «Kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash», «Oilaviy tadbirkorlik» dasturlari doirasida 375 nafar fuqaroga 9 milliard so‘mga yaqin miqdorda imtiyozli kreditlar ajratildi. 300 nafar fuqaroga «Biznesga birinchi qadam» dasturi doirasida 4.2 milliard so‘m miqdorida imtiyozli mikroqarzlar ajratib berildi.

Hududlarning ichki imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda 1,2 mingdan ziyod aholi bandligi ta’minlandi va 185 nafarining tadbirkorlik faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalari ham Ishchi guruh e’tibori markazida bo‘ldi. Jumladan, 2,2 ming nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarga manzilli yordamlar ko‘rsatildi. Ularga moddiy yordamlar, bepul dori-darmonlar, protez-ortopediya moslamalari, reabilitatsiya vositalari, nogironlik aravachalari kabi ko‘plab turdagi vositalar yetkazildi.

Respublika ishchi guruhi faoliyati davom etmoqda.

12.09.2024

Решенные обращения

Тип классификации обращенияСпособ направленияДата принятияДата рассмотренияРегион
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 Май 202418 Сентябрь 2024Навоийская область
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Ноябрь 202327 Февраль 2024Ташкентская область
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Февраль 202420 Февраль 2024Джизакская область
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Февраль 202427 Февраль 2024Сурхандарьинская область
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Апрель 20242 Май 2024Ташкентская область

полезные ресурсы