Стратегия действий по пяти приоритетным направлениям развития Республики Узбекистан в 2017-2021 годы
Murojaatdan daromadga besh qadam – u qanday bosqichlarni o‘z ichiga oladi?

Bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan yana biri – aholi daromadlarini oshirish uchun shart-sharoit yaratish va ularga ko‘mak berishdan iborat.

Prezident Xalq qabulxonalariga joriy yil yarmida eng ko‘p kelib tushgan murojaatlar aynan ijtimoiy ta’minot masalasida ekani ham buni dalillaydi. Mazkur ariza-shikoyatlar tahlil qilinganda, moddiy yordam so‘rovlarining asl sababi oilaviy daromad pastligi bilan bog‘liqligi oydinlashdi.

Shundan kelib chiqib, davlatimiz rahbari topshirig‘iga ko‘ra, Prezident Xalq qabulxonasi joriy yilda oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash orqali yangi ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha «Murojaatdan daromadga» loyihasini amalga oshirishga kirishdi.

Bu loyiha besh bosqichni o‘z ichiga oladi.

Birinchi qadam – murojaatni qabul qilish bo‘lib, bunda asosan moddiy yordam masalasida ko‘p arz bergan fuqarolar uyiga borilib, oilaviy ahvoli, chindan muhtoj yoki muhtoj emasligi, bu arizalarga qanday omillar sabab bo‘layotgani «mahalla yettiligi», hokimlik, sektorlar vakillari bilan hamkorlikda har tomonlama chuqur o‘rganildi.

Ikkinchi qadam – fuqaroning kasb-hunarga layoqati, oilaviy sharoiti, tomorqadan foydalanish madaniyati, mavjud imkoniyatlarini o‘rganish uchun murojaatchilar bilan individual suhbatlashildi, qaysi yo‘nalishda ishni eplab ketishi, daromad topa olishi bo‘yicha bir to‘xtamga kelindi.

Uchinchi qadam – daromad topishga tayyorlash bo‘lib, bu jarayonda chevarlik yoki pishiriq pishirishga qiziqadigan xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘qitish, so‘ng ularga tikuv mashinasi yo pishiriq pechlari olib berishga qaror qilindi. Xuddi shunday uyida chorvasi bor ayollarga sutni qayta ishlovchi separator, tomorqalarda xizmat ko‘rsatishni tanlagan yigitlarga motokultivator, yer maydoni boru, biroq oqar suv muammosiga uchrayotgan oilalarga sug‘orish nasosi ajratildi.

To‘rtinchi qadam – ishsiz insonlarni lider tadbirkorlarga biriktirish bo‘lib, bunda hunari va ish anjomi bor fuqarolarni shu sohada kuchli malaka va katta tajribaga, o‘z bozoriga ega tadbirkorlarga bog‘lash bo‘yicha ish olib borildi. Bu esa ular bilan kooperatsiya tashkil qilish imkonini beradi.

Beshinchi qadam – murojaatchilarni daromadga olib chiqish bo‘lib, Xalq qabulxonasi, sektorlar va «mahalla yettiligi» kooperatsiya faoliyatini hamda murojaatchining barqaror daromad topishini doimiy monitoring qilib boradi.

Albatta, buning uchun murojaatchilardan kuchli sabr, chidam, metin iroda, betinim mehnat talab etiladi. Muhimi, ularning daromadli bo‘lishi uchun barcha sharoit va imkoniyat yaratilib, mahalla vakillari doimiy ko‘makchi bo‘lmoqda.

Ayni shu maqsadda davlatimiz rahbari topshirig‘iga asosan Prezident Xalq qabulxonasi joriy yilning o‘tgan davrida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Jizzax, Farg‘ona, Xorazm, Buxoro va Surxondaryo viloyatlaridagi 400 dan ziyod mahallada mazkur loyihani amalga oshirdi. Unga ko‘ra Baxmal, Arnasoy, Mirzacho‘l, Toshloq, Quvasoy, Farg‘ona, Shovot, Hazorasp, Tuproqqal’a, Yangibozor, Shofirkon, Xo‘jayli, Bo‘zatov, Denov, Oltinsoy, Sariosiyo, Uzun, Sho‘rchi tumanlari, Nukus, Farg‘ona, Quvasoy, Qo‘qon shaharlaridagi 1 788 nafar murojaatchiga amaliy yordam ko‘rsatildi.  

Shulardan 1 400 nafardan ziyod ishsiz murojaatchiga, asosan og‘ir sharoitdagi xotin-qizlarga o‘n turga yaqin ish anjomlari olib berilib, o‘z hududidagi lider tadbirkorlarga biriktirildi. Misol uchun, Shovotning Shovot mahallasida hunarmand Sadoqat Matpanayeva 10 turdagi quroqlar tayyorlab, Qozog‘istonga eksport qilyapti. Buyurtmalari kundan-kun oshayotgan Sadoqat ham mazkur loyiha doirasida yana 6 nafar quroqchini ishga qabul qildi. Xuddi shunday kamida besh yillik tajribaga ega baxmallik Marhabo Nazarova va Mehriniso Rahmonova kabi yosh tadbirkorlar ham 3-4 nafardan yangi chevarlarni yoniga olib, faoliyatini yanada kengaytirdi. Ularning aytishicha, ishlagan chevar Baxmalning shu chekka qishlog‘ida turib ham oyiga 3-4 million so‘m bemalol daromad qila oladi. Shofirkonning Qalmaqon mahallasida yashovchi Mohira Ikromova o‘z uyida go‘shtni qayta ishlab, yarim tayyor oziq-ovqat mahsulotlari, Denov mahallasida yashovchi Nodira Karimova esa separatorda sutdan qaymoq, sariyog‘ olib, bozorga chiqarishni yo‘lga qo‘ydi.

26.07.2024

Решенные обращения

Тип классификации обращенияСпособ направленияДата принятияДата рассмотренияРегион
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Январь 202424 Февраль 2024Бухарская область
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Октябрь 202323 Февраль 2024Ташкентская область
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Ноябрь 202327 Февраль 2024Ташкентская область
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Февраль 202420 Февраль 2024Джизакская область
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Февраль 202427 Февраль 2024Сурхандарьинская область
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Апрель 20242 Май 2024Ташкентская область
Мажбурий ижро бюроси ходими хатти-ҳаракатлариВеб-сайт9 Март 202427 Март 2024Джизакская область
Шартнома ва битим шартларининг бажарилмаслигиВеб-сайт3 Апрель 202424 Июнь 2024Ташкентская область
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишИшонч телефони11 Март 202422 Июнь 2024Ташкентская область
Тадбиркорлик фаолиятини ривожлантириш учун кредитИшонч телефони9 Апрель 202419 Апрель 2024Андижанская область
Таълим кредитиИшонч телефони8 Май 202423 Май 2024Хорезмская область
Кадастр ҳужжатларини расмийлаштиришИшонч телефони21 Май 202429 Май 2024Сырдарьинская область
Суғурта товонини қоплашИшонч телефони20 Июнь 202421 Июнь 2024Республика Каракалпакстан
ПиллачиликИшонч телефони26 Июнь 20243 Июль 2024Андижанская область
Турар жой объектларининг вақтида фойдаланишга топширилмаслигиИшонч телефони4 Июль 202416 Июль 2024Навоийская область
Шартнома ва битим шартларининг бажарилмаслигиИшонч телефони24 Июль 202410 Август 2024Сырдарьинская область
Савдода истеъмолчилар ҳуқуқларини ҳимоя қилишИшонч телефони8 Август 202420 Август 2024Ташкентская область
Тадбиркорлик субъектлари томонидан иш ҳақи берилмаётганлигиИшонч телефони20 Август 202430 Август 2024Республика Каракалпакстан
Янги МТТ қуришИшонч телефони23 Август 202428 Август 2024г. Ташкент
Светофор, радар ва йўл белгиларини ўрнатиш, пиёдалар ўтиш йўлини чизишИшонч телефони31 Август 202410 Сентябрь 2024Хорезмская область

полезные ресурсы