
Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan Navbahor tumani, “Uch tut” MFYda fuqarolarning murojaat va muammolarini o‘rganish maqsadida sayyor qabul o‘tkazildi.
Unda fuqarolar nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyatini yo‘lga qo‘yish, umumta’lim maktablarining moddiy-texnik bazasini yaxshilash, o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha ishga joylashtirish kabi masalalar yuzasidan amaliy yordam so‘radi.
– O‘zim tumanning Qizilrabot mahallasida istiqomat qilaman, – deydi N.Rizaqulova. – Hozirda Navoiy innovatsiyalar universiteti talabasiman. Mahalla hududidagi ta’lim muassasalaridan biriga mutaxassisligim bo‘yicha ishga joylashish masalasida amaliy yordam so‘radim. Hududimizdagi 28-maktab direktoriga qonunda belgilangan tartibda hujjatlarimni o‘rgangan holda kelgusi o‘quv yilidan boshlab ishga olish bo‘yicha topshiriq berildi. Natijasini kutaman.
Sayyor qabulda fuqarolar tomonidan bildirilgan 12 ta murojaatning 4 tasi bo‘yicha huquqiy ma’lumot va tushunchalar berildi. Qolgan masalalarning vaqt va o‘rganish talab etilishi bois mas’ullarga topshiriq berilib, ijrosi nazoratga olindi.
| Тип классификации обращения | Способ направления | Дата принятия | Дата рассмотрения | Регион |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Сентябрь 2024 | 27 Сентябрь 2024 | Ферганская область |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 Май 2024 | 18 Сентябрь 2024 | Навоийская область |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Июнь 2024 | 3 Июль 2024 | Андижанская область |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Июнь 2024 | 19 Июль 2024 | Сырдарьинская область |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Июль 2024 | 19 Июль 2024 | Джизакская область |