Стратегия действий по пяти приоритетным направлениям развития Республики Узбекистан в 2017-2021 годы
Obod yurtga bayramlar yarashadi

Ma’lumki, yurtboshimiz tashabbusi bilan mamlakatimizda ulkan bunyodkorlik, obodonchilik ishlari izchillik bilan amalga oshirilmoqda. Natijada qishloqlar qiyofasi tubdan o‘zgarib, ko‘rkam, so‘lim manzilga aylanyapti.

Viloyatimizda ham olib borilayotgan keng ko‘lamli qurilish-yaratuvchanlik ishlari bu kabi xayrli tadbirlarning bardavom ekanligidan dalolat beradi. Ayniqsa, «Obod qishloq» va «Obod mahalla» dasturlari doirasida havas qilsa arzigulik ishlar bajarildi. Navoiy shahridagi «Tinchlik» mahallasida ham qator xayrli ishlar amalga oshirildi. Kuni kecha bu erda yangi qiyofadagi mahallaning ochilish marosimi tantanali tarzda o‘tkazildi. Unda viloyat hokimi Q. Tursunov ishtirok etib, aholi turmush farovonligi yo‘lidagi ezgu sa’y-harakatlar odamlarning ertangi kunga ishonchini yanada mustahkamlayotganini faxr bilan ta’kidladi.


— «Obod mahalla» dasturi doirasidagi ishlardan so‘ng mahallamizni tanish qiyin bo‘lib qoldi, — deydi MFY raisi D. Xolov. — Avvalo, hududdagi eski va noqonuniy qurilgan binolar o‘rniga zamonaviy, yangi imoratlar qad rostladi. Maktab, bog‘cha, mahalla guzari va boshqalarda katta hajmdagi bunyodorlik ishlari amalga oshirildi. 6,8 kilometr ichimlik suvi, 2,5 kilometr tabiiy gaz, yana shuncha elektr tarmoqlari, 8 kilometr ichki yo‘llar, 10 kilometr piyodalar yo‘laklari, 32 kilometr irrigatsiya va meliorasiya tarmoqlari bunyod etilgani mahallamizni butunlay o‘zgartirib yubordi.


Yangidan tiklangan guzar, amfiteatr, hammom, futbol, bolalar maydonchalari barchani birdek xursand qildi. Bunday xayrli tadbirlar odamlarimizni yaratuvchanlik zavqi, shukronalik hissi bilan yashashga, yurt taraqqiyotiga hissa qo‘shishga chorlayotir.


E’tiroflisi, bu erdagi savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalariga mo‘ljallangan loyihalar ishga tushirilishi natijasida 70 nafar aholining bandligi ham ta’minlandi.
Qayd etish joizki, joriy yilda viloyatimizning 16 ta qishlog‘ida 334 milliard, 5 ta mahallada esa 65 milliard so‘mlik ishlar yakdillik bilan olib borildi. Navoiy shahridagi «Tinchlik», «Bunyodkor», Zarafshondagi «Daugiztau», «Konchilar», «Oltin vodiy» mahallalarida shaharsozlik talablariga javob bermaydigan 75 ta noqonuniy qurilish buzildi. Ta’mirtalab bo‘lgan 586 ta yakka tartibdagi uy-joy hamda 92 ta ko‘p qavatli uy ta’mirlovi nihoyasiga etkazildi.


Yaqinda yuqorida tilga olingan hamda Karmana tumanidagi «Hazora», «Toshrabot», Qiziltepadagi «Xo‘ja Hasan», Nurotadagi «Soykechar», Navbahordagi «Qushqochdi», «Yaltirobod», Xatirchidagi «Zarafshon», Uchquduqdagi «Uzunquduq», Konimexdagi «Shodibek», «To‘qmang‘it», Tomdidagi «Ajriqti» qishloqlari ham foydalanishga topshirildi. Bu hududlarda 2 ming 506 nafar fuqaro ish bilan ta’minlandi, 72 kishi kasb-hunarga qayta o‘qitildi, 1510 kishiga jami 12 milliard 642 million so‘m miqdorida imtiyozli kredit mablag‘lari ajratildi.


Obod manzillar qatorida Navoiy shahrida «BAXT TEXTILE» mas’uliyati cheklangan jamiyati ikkinchi fabrikasining ochilishi ham hudud aholisi uchun yana bir quvonchli yangilik bo‘ldi. Unda so‘z olgan viloyat hokimi qishloq joylarida engil sanoatni yanada rivojlantirish, sifatni yaxshilash hisobiga tayyor eksportbop mahsulot ishlab chiqarish hajmi ko‘paytirilayotganini alohida e’tirof etdi. Klasterlar orqali paxtachilikda daromad ikki hissaga oshib, fermerlar joriy yilni 43 milliard so‘m foyda bilan yakunlagani ta’kidlandi. Foydalanishga topshirilayotgan ip-yigiruv fabrikasining yillik quvvati 12,6 ming tonna paxta tolasini qayta ishlashga mo‘ljallangan bo‘lib, loyiha qiymati 20 million AQSh dollarini tashkil etadi. Quvonarlisi, bu erda yana 250 nafarga yaqin fuqaroning ish bilan bandligi ta’minlanadi. Germaniyadan keltirilgan zamonaviy texnologiyalarning xalqaro standartlarga mosligi mahsulot sifatida muhim ahamiyat kasb etishi aniq.


Bir so‘z bilan aytganda, kundan-kunga chiroy ochib borayotgan obod manzillarda aholi mamnun yashayapti. Har bir fuqaroning qalbida shu yurtda munosib mehnat qilish, intilish, izlanish maqsadi mujassam.

Zulfiya BOBOYEVA,
«Do‘stlik bayrog‘i» muxbiri.

21.01.2019

Решенные обращения

Тип классификации обращенияСпособ направленияДата принятияДата рассмотренияРегион
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Февраль 202421 Февраль 2024Республика Каракалпакстан
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Февраль 202426 Февраль 2024Сурхандарьинская область
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Февраль 202423 Февраль 2024Самаркандская область
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Январь 202424 Февраль 2024Бухарская область
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Октябрь 202323 Февраль 2024Ташкентская область
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Ноябрь 202327 Февраль 2024Ташкентская область
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Февраль 202420 Февраль 2024Джизакская область

полезные ресурсы