Стратегия действий по пяти приоритетным направлениям развития Республики Узбекистан в 2017-2021 годы
Ishchi guruh: 10 mingga yaqin hal etilmagan murojaat qayta ko‘rib chiqildi

Prezident Administratsiyasi hamda Xalq qabulxonalari boshchiligidagi 20 dan ziyod vazirlik va idora vakillaridan tashkil topgan Respublika ishchi guruhi o‘z faoliyatini Toshkent viloyatida davom ettirdi.

Ishchi guruh bir hafta davomida Toshkent viloyatida aholi muammolarini o‘rganish va ularni imkon qadar joyida tezkorlik bilan hal etish masalalari bilan shug‘ullandi.  

Xususan, Prezident maslahatchisining o‘rinbosari – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Xalq qabulxonasi rahbari U.Muhammadiyev boshchiligida viloyat bo‘yicha aholidan kelib tushgan 10 mingga yaqin hal etilmagan murojaat qayta ko‘rib chiqilib, shulardan 2 mingga yaqini o‘z ijobiy yechimini topdi. Qolgan qismi qayta o‘rganishga berilib, nazoratga olindi.  

Hal etilgan murojaatlarning aksariyat qismi sud, oila va xotin-qizlar, tibbiy yordam, pensiya, maktabgacha va maktab ta’limi, kredit olish, aliment to‘lovlari, yo‘llar ta’miri, yo‘l belgilarini o‘rnatish, gaz, elektr, suv ta’minoti kabi masalalar bilan bog‘liq bo‘ldi.  

O‘tkazilgan  sayyor sudlar natijasida 68 nafar shaxs jazoni o‘tashdan muddatidan avval shartli ravishda ozod qilindi, 67 nafar shaxsning o‘talmay qolgan jazosi yengilrog‘i bilan almashtirildi. 14 nafar shaxslar sud zalidan qamoqdan ozod qilindi, 3 ta fuqarolik ishi taraflar yarashgani munosabati bilan ish yuritishdan tugatildi.  

Bundan tashqari, 122 ta ish bo‘yicha jami 45,2 milliard so‘m tadbirkorlik subyektlari foydasiga undirildi. Aliment to‘lovchi qarzdorlardan jami 747,6 million so‘m mablag‘ undirib berildi.  

Murojaatlar asosida qo‘shimcha 93,1 tonna suyultirilgan gaz yetkazildi, 2 km elektr tarmog‘i tortildi, 73 ta temir-beton ustunlar o‘rnatildi, 8 ta transformator, 15 km yo‘llar va 1 ta ko‘prik ta’mirlandi.  

Shu bilan birga, Xalq qabulxonalari boshchiligida viloyat, tuman, shahar sektor rahbarlari ishtirokida sayyor qabullar tashkil etilib, unda 456 ta masala ko‘tarildi. Shulardan 302 tasi qanoatlantirilgan bo‘lsa, 154 ta masala ijrosi nazoratga olindi.  

Kelib tushgan murojaatlar asosida 8 km ichki yo‘llar shag‘allashtirildi, 1 km yo‘l asfalt qilindi, 3 ta yangi transformator ta’mirlandi. 22 ta temir-beton tayanchlar o‘rnatildi, 10 ta gaz taqsimlash punkti ta’mirlandi, 8 km ichimlik suvi tarmog‘i yangidan tortildi, 4 ta ichimlik suvi ishooti ta’mirlandi.  

Tadbirlar doirasida viloyat aholisi uchun tibbiy ko‘riklar tashkil etildi. Natijada 540 nafar bemorga ambulator sharoitda davolanishga tavsiya berildi, 66 nafar bemorga tuman, shahar va viloyat muassasalarida davolanish va tekshiruvlar uchun yo‘llanma berildi.  

O‘rganish natijalari vazirlik, idoralar mas’ullari va sektorlar rahbarlari ishtirokida tanqidiy muhokama qilindi. Aniqlangan kamchilik va muammolarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rsatma va topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.  

Vazirlar Mahkamasiga taqdim etish uchun respublika idoralari darajasida hal etilishi talab etiladigan masalalar ro‘yxati shakllantirildi.  

Respublika ishchi guruhining navbatdagi manzili Xorazm viloyati bo‘ladi.  

28.02.2024

Решенные обращения

Тип классификации обращенияСпособ направленияДата принятияДата рассмотренияРегион
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Февраль 202421 Февраль 2024Республика Каракалпакстан
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Февраль 202426 Февраль 2024Сурхандарьинская область
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Февраль 202423 Февраль 2024Самаркандская область
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Январь 202424 Февраль 2024Бухарская область
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Октябрь 202323 Февраль 2024Ташкентская область
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Ноябрь 202327 Февраль 2024Ташкентская область
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Февраль 202420 Февраль 2024Джизакская область

полезные ресурсы