Стратегия действий по пяти приоритетным направлениям развития Республики Узбекистан в 2017-2021 годы
Obodonchilik ishlaridan aholi mamnun bo‘lmoqda

Ayni kunlarda Kogon shahrining “Xo‘jabargi” mahalla fuqarolar yig‘inida “Obod mahalla– obod ko‘cha– obod xonadon” dasturi doirasida keng qamrovli bunyodkorlik, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish tadbirlari amalga oshirilmoqda.

Bunday yangilanishlar jarayonida aholining elektr, tabiiy gaz, ichimlik suvi ta’minoti bilan bog‘liq muammolari ijobiy hal etilmoqda. Tor va qing‘ir-qiyshiq ko‘chalar kengaytirilgan holda shag‘al yotqizish ishlari olib borilmoqda. Eski simyog‘ochlar esa yangisiga almashtirilmoqda.

Hududda boshlangan keng ko‘lamdagi bunyodkorliklar natijasida mahalla markazida guzar tashkil etilayotgani, aholi yashash xonadonlari, savdo va xizmat ko‘rsatish do‘konchalarining zamonaviy va ko‘rkam qiyofaga kirib borayotgani hamda, eng asosiysi, aholining farovon turmushi uchun yaratilayotgan qulayliklar xo‘jabargiliklarning ertangi kunga bo‘lgan ishonchini yanada oshirmoqda. 

Mahalla aholisining eng og‘riqli muammolaridan biri ushbu hududda maktab binosining yo‘qligi edi. Quvonarlisi, dastur doirasida bu yerda boshlangan ishlarning birinchisi aynan maktab binosini qurishdan boshlandi. Loyihaga ko‘ra, ushbu maktab binosi 330 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, uning atrofi to‘liq ko‘kalamzorlashtiriladi va o‘quvchilarning sport bilan shug‘ullanishi uchun barcha shart-sharoit va imkoniyatlar yaratiladi.

Xo‘jabargi mahallasi manzilidagi o‘zgarishlardan yana biri ushbu hududning o‘zida mahalla aholisining bo‘sh vaqtlarini unumli o‘tkazish va yoshlarning sport bilan shug‘ullanishi uchun 3 ta “Workout” tashkil etiladi.

Bu ham albatta, shu hududda yashovchi aholining barcha qatlami bir necha sport turlari va jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanishi uchun keng imkoniyat yaratadi.

Mahallada dastur doirasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda tashkil etilayogan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar fuqarolar hayotiga yangicha mazmun olib kirmoqda. Jumladan, 9 fevral – Alisher Navoiy tavallud topgan kun munosabati bilan mahalla markazida tashkil etilgan navoiyxonlik tadbiriga yoshu qari taklif etildi. Bayram kechasida Kogon shahar hokimligi, 4-sektor mas’ullari hamda “mahalla yettiligi” ishtirok etdi. 

Alisher Navoiy ijodini, u qoldirgan boy adabiy merosni o‘qib-o‘rganish hamda ularni yoshlar qalbiga teran singdirib borish maqsadida tashkil etilgan tadbirda shoir asarlarining mazmun-mohiyati, bugungi kundagi ahamiyati haqida so‘z yuritildi. Bayram kechasida Navoiy hayoti va ijodiga nazar tashlanib, g‘azallari, ash’orlari va dostonlari o‘quvchilar tomonidan ijro qilindi.

“Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla” dasturlarining bajarilishi,mamlakatimiz bo‘ylab keng ko‘lamda olib borilayotgan obodonchilik yumushlari “Xo‘jabargi” mahalla fuqarolar yig‘inida ham o‘z aksini topayotgani barchani xursand qilmoqda.

08.02.2024

Решенные обращения

Тип классификации обращенияСпособ направленияДата принятияДата рассмотренияРегион
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Февраль 202421 Февраль 2024Республика Каракалпакстан
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Февраль 202426 Февраль 2024Сурхандарьинская область
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Февраль 202423 Февраль 2024Самаркандская область
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Январь 202424 Февраль 2024Бухарская область
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Октябрь 202323 Февраль 2024Ташкентская область
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Ноябрь 202327 Февраль 2024Ташкентская область
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Февраль 202420 Февраль 2024Джизакская область

полезные ресурсы