
Mamlakatimizda o‘g‘il-qizlarning bolalikdan jismonan sog‘lom, ma’nan barkamol etib ulg‘aytirish doimiy e’tiborda. Yurtimizning eng olis, chekka hududlarida ham davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari barpo etilib, zamonaviy usulda jihozlanayotgani ushbu ezgu maqsad yo‘lidagi sa’y-harakatlardan.
Sirdaryo viloyati Boyovut tumanining Boboyurt hamda Muqimiy mahallalarida ham yangidan barpo etilgan 12- hamda 18-davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti foydalanishga topshirildi.
Shu munosabat bilan tashkil etilgan marosimlarda tuman hokimi Dilfuza Uralova, hokim o‘rinbosarlari, maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mas’ullari, nuroniylar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Investitsiya dasturi doirasida ta’mirlanib, qayta qurilgan har ikkala muassasada zamonaviy musiqa zali, oshxona, shinam yotoqxona va o‘yin maydonchalari barpo qilindi hamda zarur jihozlar bilan ta’minlandi. Bolajonlarning har bir kuni mazmunli o‘tishi uchun barcha sharoitlar yaratildi.
Marosimda so‘z olganlar yurtimizda yosh avlodning sog‘lom, ma’nan yetuk insonlar bo‘lib ulg‘ayishi, zamonaviy bilimlarni puxta egallashi uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar haqida gapirib, bu ishlarning davomiy bo‘lishiga tilak bildirdi.
| Тип классификации обращения | Способ направления | Дата принятия | Дата рассмотрения | Регион |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Сентябрь 2024 | 27 Сентябрь 2024 | Ферганская область |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 Май 2024 | 18 Сентябрь 2024 | Навоийская область |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Июнь 2024 | 3 Июль 2024 | Андижанская область |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Июнь 2024 | 19 Июль 2024 | Сырдарьинская область |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Июль 2024 | 19 Июль 2024 | Джизакская область |