Shavkat Mirziyoyev
Стратегия «Узбекистан – 2030» была разработана с целью обеспечения устойчивого и инклюзивного развития страны и определяет долгосрочные направления развития Узбекистана.
Endi Shakarobodda yashashning gashti oʻzgacha

Ezgu tashabbusga koʻra, yurtimiz boʻylab “Obod xonadon–obod koʻcha–obod mahalla” tamoyili asosida keng koʻlamli qurilish–bunyodkorlik ishlari olib borilmoqda.

Bu borada Fargʻona viloyatining Yozyovon, Rishton, Furqat va Oʻzbekiston tumanidan bittadan mahalla tanlab olinib, qisqa vaqt mobaynida hududlar qiyofasi butunlay yangicha qiyofada namoyon boʻlishiga erishildi.

Oʻzbekiston tumanining “Shakarobod” mahalla fuqarolar yigʻinida ham “Obod xonadon–obod koʻcha–obod mahalla” tamoyili boʻyicha olib borilgan ishlardan aholi juda ham mamnun. Boisi qisqa davrda mahalla zamonaviy shaharchaga aylanib, muhtasham koʻrinishga keltirildi.

— Bunday eʼtibor va ragʻbat insonning yashashga, hayotga munosabatini butkul oʻzgartirib, ertangi kunga boʻlgan ishonchni yuksaltiradi, — deydi “Shakarobod” MFY raisi Bahodir Oʻrinov. — Shu sababli, bugun qaysi mahalladosh bilan hamsuhbat boʻlmang, endi qadrdon maskanda yashashning zavqi boshqacha boʻlayotganini taʼkidlamoqda.

Ayni jarayonda 4 milliard 700 million soʻmdan ziyod mablagʻ sarflanib, hududdagi 14 ta koʻcha, 520 ta xonadon, ijtimoiy soha obyektlari hamda infratuzilma xizmatlari zamonaviy mezonlar asosida taʼmirlandi. Oʻrganishlar jarayonida mahalladagi 42 nafar ishsiz doimiy ish oʻrni bilan taʼminlangan boʻlsa, ularning 4 nafariga imtiyozli kredit ajratib berildi. Ehtiyojmand 10 xonadon uyi homiylar koʻmagida taʼmirdan chiqarildi. Mahallada yangi ish oʻrinlari yaratish maqsadida yangidan 2 ta tadbirkorlik subyekti ishga tushirildi.

14.11.2023

Решенные обращения

Тип классификации обращенияСпособ направленияДата принятияДата рассмотренияРегион
Суғурта фаолиятиПрезидент почтаси19 Сентябрь 202427 Сентябрь 2024Ферганская область
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 Май 202418 Сентябрь 2024Навоийская область
Пиллачилик соҳасига оид масалаларИшонч телефони26 Июнь 20243 Июль 2024Андижанская область
Электр таъминотидаги узилишларИшонч телефони28 Июнь 202419 Июль 2024Сырдарьинская область
Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланишиИшонч телефони1 Июль 202419 Июль 2024Джизакская область

полезные ресурсы