Стратегия действий по пяти приоритетным направлениям развития Республики Узбекистан в 2017-2021 годы
Ishchi guruh aholi muammo va takliflarini o‘rgandi

Davlatimiz rahbari topshirig‘iga asosan aholi muammolari va ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni joylarda o‘rganib, samarali hal etish maqsadida tuzilgan Respublika Ishchi guruhi a’zolari Navoiy viloyatining Navbahor va Konimex tumanlarida bo‘ldi.

Bugungi kunda Navbahor tumanidagi “Yangi hayot” mahalla fuqarolar yig‘inida 2137 nafar aholi istiqomat qiladi.  

– Mahallamizda 2 kilometr ichki xo‘jalik yo‘llari shag‘allashtirildi, – deydi mahalla raisi Sunnatilla Rajabov. – Aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida 3 kilometr quvur tortilib, mavjud suv quvurlarida joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. 400 metr tabiiy gaz quvurlari bo‘yoqlanib, 2 ta tabiiy gaz taqsimlash qurilmalarida sozlash ishlari olib borildi. Bundan tashqari, mahalla hududida joylashgan aholi xonadonlari va tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan foydalanib kelinayotgan gaz jihozlari to‘liq texnik ko‘rikdan o‘tkazildi. Aholiga 204 dona to‘ldirilgan suyultirilgan gaz ballonlari yetkazib berildi.

Mahallada aholini uzluksiz elektr energiya bilan ta’minlash maqsadida 2 ta yangi transformator, 359 dona yangi elektr uzatish tarmog‘i tayanchlari o‘rnatildi.  

Mahalla hududidagi 342 ta aholi xonadonlarida obodonlashtirish va ta’mirlash ishlari amalga oshirilib, 160 tonnadan ortiq qurilish va maishiy chiqindilar tashib ketildi.  

O‘rganishlar davomida “Yangi hayot”, “Keskanterak” va “Qiziloy” mahallalari aholisi uchun chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik tashkil etildi. Unda 260 nafarga yaqin fuqaro tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, ularning 53 nafarida turli kasalliklar aniqlandi. 35 nafar fuqaro shifoxonaga yotqizilgan bo‘lsa, 5 nafariga tuman, 5 nafariga viloyat shifoxonalariga borib davolanishlari uchun yo‘llanmalar berildi.

– Bir necha yildan buyon bosh miyada qon aylanishining o‘tkir buzilishi, o‘ng tomonlama gemofariz tashxisi bilan davolanib kelaman, – deydi “Qiziloy” MFYda yashovchi X.Abdullayev. – Bugun shifokorlar uyimga kelib, yana bir bor tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishdi. Tegishli muolajalar o‘tkazilib, dori-darmon berishdi. Xursand bo‘ldim.

Shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasidan 5 nafar fuqaroga tibbiy muassasalarda davolanishlari va jarrohlik amaliyotini o‘tkazishlari uchun 28 million so‘m, bir nafar fuqaroga uy-joy ta’miri uchun 20 million so‘m mablag‘ ajratildi.  

2 nafar ajrim yoqasidagi oila yarashtirilib. “Ayollar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 15 nafar xotin-qizga kontrakt to‘lovlari uchun 69 million so‘mlik sertifikatlar berildi.  

“Yangi hayot” MFYda ishsiz fuqarolarni bandligini ta’minlash maqsadida “Bo‘sh ish o‘rinlari” mehnat yarmarkasi tashkil etildi. Unda 24 ta davlat korxonalari 126 ta ish o‘rinlari va 40 ga yaqin tadbirkorlik sub’ektlari 164 ta bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etdi. Mehnat yarmarkasida 150 nafardan ziyod fuqaroning bandligi ta’minlanib, 19 nafar xotin-qizga tadbirkorlik faoliyatini boshlashi uchun subsidiya asosida tikuv mashinalari berildi.  

Shuningdek, Ishchi guruhi tashabbusi bilan Konimex tumanidagi “Navro‘z” mahalla fuqarolar yig‘ini binosida tumandagi “Qizil toifa” ga kiritilgan yoshlar, xotin-qizlar hamda ishsiz fuqarolarni ish bilan ta’minlash maqsadida “Bo‘sh ish o‘rinlari” mehnat yarmarkasi o‘tkazildi.

Unda 35 dan ortiq korxona, tashkilot va muassasalar o‘zlarida mavjud bo‘lgan 200 dan ortiq bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etdi. Yakunda 15 nafar fuqaro fermer xo‘jaliklariga, 7 nafar fuqaro “Praid workwear” MCHJga, 8 nafar fuqaro “Yangi Konimex 2023” MCHJga ishga joylashtirildi. Shuningdek, “Ayollar daftari” da ro‘yxatda turgan 30 nafar ishsiz ayollarga subsidiya asosida tikuv mashinalari berildi.  

01.06.2023

Решенные обращения

Тип классификации обращенияСпособ направленияДата принятияДата рассмотренияРегион
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 Май 202418 Сентябрь 2024Навоийская область
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Ноябрь 202327 Февраль 2024Ташкентская область
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Февраль 202420 Февраль 2024Джизакская область
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Февраль 202427 Февраль 2024Сурхандарьинская область
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Апрель 20242 Май 2024Ташкентская область

полезные ресурсы