Стратегия действий по пяти приоритетным направлениям развития Республики Узбекистан в 2017-2021 годы
Sektor rahbari yoshlar muammolarini o‘rganmoqda

Buxoro viloyati hokimligi, mahallalarda yoshlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtirish bo‘yicha viloyat Komissiyasi hamda sektor rahbarlari tomonidan barcha tumanlarda “Og‘ir” toifadagi yoshlarning masalalari o‘rganilgan holda mavjud muammolarni tezkorlik bilan hal etish choralari ko‘rilyapti.

Jumladan, viloyat 4-sektor ishchi guruhi ham G‘ijduvon tumanida jami 160 nafar yoshlarning xonadonida bo‘lib, ularning rejalari va muammolarini o‘rgandi. O‘rganishlar natijasida har bir yoshning muammosidan kelib chiqib, “Yo‘l xarita” tasdiqlandi. E’tiborlisi, uchrashuvlar jarayonida targ‘ibot ishlari orqali norasmiy band bo‘lgan yoshlarni o‘zini-o‘zi band qilish orqali rasmiy sektorga o‘tkazish choralari ham ko‘rilmoqda.  

Shuningdek, har bir mahalladagi ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan va ishsiz yoshlarni “Yoshlar daftari” ga kiritish, ularni doimiy ish o‘rinlariga joylashtirish, kredit, yer ajratish va subsidiyalar berish orqali bandligini ta’minlash bo‘yicha manzilli ishlar olib borilmoqda.  

Viloyat 4-sektor rahbari M.Mamatxanov mazkur tumanda o‘ziga biriktirilgan “Og‘ir” toifadagi bir guruh yoshlarning xonadonida bo‘ldi. Ularning ehtiyojlari, talab va istaklari, taklif va tashabbuslarini o‘rgandi. Sektor rahbari tumanning “Tarxanon” mahallasida yashovchi Fotima va Zuhro Fayzullayevalarning xonadonida bo‘lib, ular bilan sog‘ligi, yashash sharoiti va istaklari xususida suhbatlashdi. Suhbat jarayonida ayni paytda Buxoro shahridagi  maxsus maktab internatning 9-sinfida tahsil olayotgan opa-singillarning ishtiyoqi va istagidan kelib chiqib, ularga o‘zlari tanlagan yo‘nalishda tayyorlov kurslariga qatnashish va mashg‘ulotlar to‘lovlarini to‘lashda amaliy yordam ko‘rsatiladigan bo‘ldi. Xuddi shunday ushbu mahallada istiqomat qilayotgan, tumandagi 17-maktabning 9-sinf o‘quvchisi Ozoda Sayfulloyevaga ham 2023-2024 o‘quv yili uchun tayyorlov kurslari to‘lovlarini to‘lashda amaliy yordam ko‘rsatilishi belgilandi.  

Mazkur mahallada yashovchi Gulniso Farmonova viloyat 4-sektor rahbari bilan suhbatda tikuvchilikka qiziqishi borligi, ammo tikuv mashinasini xarid qilishga imkoni yo‘qligi sabab o‘z tadbirkorligini boshlay olmayotganini bildirdi. Quvonarlisi, sektor rahbarining ko‘magi bilan uning rejalari amalga oshadigan bo‘ldi. Chunki, shu kunning o‘zida unga tikuv mashinasi berildi.  

– Juda xursand bo‘ldim,  – deydi Gulniso Farmonova. – Endi mening ham tikuv mashinam bor. Endi tadbirkorlik bilan shug‘ullanaman. Buning uchun Yurtboshimga rahmat.    

Sektor rahbari ushbu mahallada nogironligi bo‘lgan va surunkali kasalikka chalingan Sevara Sayfullayeva hamda Samoyiddin Husenovlar yashayotgan xonadonda ham bo‘ldi. Ularning oilaviy sharoitidan kelib chiqib oilasi uchun zarur oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi. “Soktari” mahallasida yashovchi 2-guruh nogironi Shamshod Roziqovga esa ayni paytda zarur bo‘lgan eshitish moslamasi berildi.  

Ayni paytda viloyat 4-sektor rahbarining G‘ijduvon tumanida “og‘ir” toifadagi yoshlarning masalalarini hal etishga qaratilgan ishlari davom etmoqda.  

 

19.05.2023

Решенные обращения

Тип классификации обращенияСпособ направленияДата принятияДата рассмотренияРегион
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишИшонч телефони11 Март 202422 Июнь 2024Ташкентская область
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Февраль 202427 Февраль 2024Сурхандарьинская область
Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пуларининг тўланишиИшонч телефони1 Июль 202419 Июль 2024Джизакская область
Кадастр ҳужжатларини расмийлаштиришИшонч телефони21 Май 202429 Май 2024Сырдарьинская область
Мажбурий ижро бюроси ходими хатти-ҳаракатлариВеб-сайт9 Март 202427 Март 2024Джизакская область

полезные ресурсы