Стратегия действий по пяти приоритетным направлениям развития Республики Узбекистан в 2017-2021 годы
Muammolar oʻz yechimini topyapti

Davlatimiz rahbari topshirigʻiga asosan tuzilgan Respublika ishchi guruhining “Oqqoʻrgʻon tajribasi” asosida Toshkent shahridagi faoliyati davomida tadbirkorlikni rivojlantirish orqali ishsiz insonlar uchun doimiy ish oʻrnini yaratish, aholining real daromadini oshirishga katta eʼtibor qaratilyapti.

Oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida 146 nafar murojaatchiga 3,6 mlrd. soʻm kredit ajratilgani, ayniqsa, endi oyoqqa turayotgan tadbirkorlar uchun katta madad, yaxshigina dastmoya boʻldi.

Bir misol, olmazorlik Umida Oxunova “Shifokorlar” mahallasida 210 oʻrinli nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotini yoʻlga qoʻyib, 20 dan ortiq ish oʻrni yaratdi-yu, biroq muassasani jihozlashda andak qiynalib qoldi. Ayni shu vaziyatda tadbirkor ayoldan hol soʻrab kelgan Ishchi guruh vakillari bu masalani tez orada hal qilib berishdi. 1 mlrd. 300 mln. soʻm imtiyozli kredit evaziga, mana, bolajonlar uchun zamonaviy mebel jihozlari xarid qilindi.

“Ayollar daftari”da roʻyxatda turgan Umida Toshmuhammedovaga ham oʻzi yashayotgan “Tabassum” mahallasidan ijaraga boʻsh joy topib berilib, 30 mln. soʻm imtiyozli kredit ajratildi. Buning evaziga ayol 5 ta tikuv mashinasi xarid qilib, ish boshladi.

Ikrom Sodiqov esa xuddi shunday eʼtibor bois 33 mln soʻm kredit olib “Shodiyona” mahallasida poyabzal taʼmirlash ustaxonasini ochib, ishli boʻldi.

Bektemir tumani Mirishkor mahallasida yashovchi Manzura Bayʼatovani ishli-daromadli qilish masalasi esa bir necha bosqichda hal qilindi. U avval tikuvchilik hunariga oʻqitildi. Soʻng 10 mln soʻm subsidiya hisobiga 2 ta tikuv mashinasi bilan taʼminlandi. Ayol oʻzini eplab, ishni yurgizib ketdi.

Bu jarayonda elektr va issiqlik energiyasi, gaz, ichimlik suvi taʼminoti, yoʻllar taʼmiri va infratuzilmalar bilan bogʻliq eng birlamchi hayotiy masalalarga yechim topilyaptiki, bu bilan koʻplab oilalarni oʻylantirayotgan tizimli muammolar ham hal qilinyapti.

Aytaylik, bu yilgi ayozning achchiq sabogʻidan soʻng Chilonzor tumani “Bogʻzor” mahallasida 200 dan ortiq xonadonli koʻp qavatli 3 ta uyni namuna sifatida bazalt qoplamasi bilan oʻraldi. Bu bilan xonadonlar qishda sovuqdan, yozda issiqdan himoyalanadi. Shuningdek, mahalladagi 20 dan ortiq koʻp qavatli uylarning tomi, fasadi, kirish yoʻlaklari taʼmirlandi, temir eshiklar oʻrnatildi. Ichki koʻchalar asfaltlandi, bolalar oʻyingohlari, vork autlar, shiyponlar oʻrnatildi.

Chilonzorning “Gavhar” mahallasiga ham yangi trasformator oʻrnatilishi bilan esa 500 dan ortiq xonadonning elektr taʼminoti barqarorlashdi, shuncha xonadon vakillarini oʻylantirgan tizimli masala hal qilindi

Yakkasaroyning “Damariq” mahallasi Andijon koʻchasida yashovchi aholi ham chiroq tez-tez oʻchishidan zada boʻlib qolgan, sababi elektr tarmoqlari eskirib ketgan edi. Bu masala ham shu kunlarda bartaraf etilib, 2 kilometr tarmoq yangilab berilyapti.

“Bogʻsaroy” mahallasi Kichik Mirobod koʻchasidagi 8-uy yertoʻlasidagi issiq va oqava suv tarmoqlari taʼmirlanishi bilan 60 ta xonadonni oʻylantirgan masalaga yechim topildi.

Yakkasaroyda ichki yoʻllarni taʼmirlash borasida ham ishlar avjida. Deylik, “Tepa” mahallasi aholisi notekis, oʻydim-chuqur yoʻllardan zada boʻlib arz qilib kelardi. Murojaatlardan soʻng bu masala dasturlarga kiritildi va mana, bugun asfaltlash ishlari boshlab yuborildi.

Hamid Sulaymonov mahallasi Shota Rustaveli koʻchasidagi yoʻllar ham taʼmirlangach, ravon boʻldi.

Prezident Xalq qabulxonalarining oʻtgan yili Bektemir tumanidagi oʻrganishlaridan soʻng Yikota mahallasi Temirchilar koʻchasidagi pala-partish solib olingan uylar oʻrniga ichki imkoniyatlar hisobidan 65 ta oilaga yangi turar-joylar qurib berildi. Tuproq koʻchalar asfaltlandi, 2 gektar yer chiqindilardan tozalandi. Poytaxtda qoʻriqdek ochilgan bu maydonda bugun 3 ming tupdan ziyod manzarali va mevali daraxt koʻchatlari ekilib, bogʻ bunyod etilyapti.

Gulbogʻ mahallasi aholisi esa koʻp yillar yer osti quduqlaridan suv ichib kelgan boʻlsa, endi dasturlar asosida qariyb 13 km. ichimlik suvi tarmogʻi tortilyapti. Bu bilan 538 ta xonadonga obi-hayot kirib kelyapti, koʻpmillatli gulbogʻliklarning koʻpyillik orzulari roʻyobga chiqyapti.

Bu yil xuddi shunday “Bektemir” mahallasiga 4,3 km. ichimlik suvi tarmogʻi tortilib, 754 ta xonadonga obodlik olib kirilyapti. “Ustozlar” mahallasidagi 825 ta xonadon esa markaziy oqava suv tarmogʻiga ulanyapti. Buning uchun 5,7 kilometr tarmoq tortildi.

Oʻtgan yili Bektemir tumanidagi oʻrganishlar Abay, Yikota, Iqbol mahallalari yoshlari uchun umuman maktab yoʻqligini koʻrsatgan edi. Bu masala tegishli yoʻl xaritasiga va dasturlarga kiritilgach, bu yil 29 mlrd. soʻm evaziga 900 oʻrinli zamonaviy maktab binosini qurish ishlari boshlab yuborildi.

“Bektemir” mahallasidagi 600 oʻrinli 348-mumtaʼlim maktabida esa joriy taʼmirlash ishlariga kirishilib, hozircha 1976-yilda qurilib biron marta taʼmir yuzini koʻrmagan maktabning tomi toʻliq yangilandi.

Bu kabi amaliy ishlar poytaxtimizning barcha tumanida amalga oshirilyapti.

12.04.2023

Решенные обращения

Тип классификации обращенияСпособ направленияДата принятияДата рассмотренияРегион
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Февраль 202421 Февраль 2024Республика Каракалпакстан
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Февраль 202426 Февраль 2024Сурхандарьинская область
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Февраль 202423 Февраль 2024Самаркандская область
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Январь 202424 Февраль 2024Бухарская область
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Октябрь 202323 Февраль 2024Ташкентская область
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Ноябрь 202327 Февраль 2024Ташкентская область
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Февраль 202420 Февраль 2024Джизакская область

полезные ресурсы