Стратегия действий по пяти приоритетным направлениям развития Республики Узбекистан в 2017-2021 годы
"Mas’ullarni holi-joniga qo‘ymaymiz, oramizda "tepsa, tebranmaslar bor"

Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani “Chimyon” mahallasida shahar kengashi deputati Naima Jabbarova bilan navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi.

Qabulda yigirma nafardan ortiq fuqarolarning murojaati eshitildi. Kimdir sog‘ligi, kimdir pensiya va nafaqa ta’minoti bo‘yicha murojaat qildi. Kommunal xizmatlardan norozilik bildirganlar ham bo‘ldi.

Ayrim masalalar  joyida hal qilinib,  huquqiy maslahatlar berildi va yo‘l-yo‘riq ko‘rsatildi. Qabulda to‘rtta masala bo‘yicha deputatlik so‘rovi chiqarish belgilab olindi.

Jumladan, 83 yoshli onaxon ish staji “arxivda yo‘q”, degan vaj bilan noto‘g‘ri hisob-kitob qilgani uchun arzimagan miqdorda pensiya olayotganidan shikoyat qildi. Bu bo‘yicha tuman pensiya jamg‘armasiga so‘rov chiqarib, fuqarolik sudiga da’vo arizasi kiritiladi va shu orqali onaxonning pensiyasi qaytadan hisob-kitob qilinadi.

Shuningdek,  aholi 209-sonli maktabda pandemiya sabab to‘xtab qolgan yozgi oromgohni qayta tashkil qilish bo‘yicha murojaat qildi. Bu bo‘yicha tuman xalq ta’limi bo‘limi boshlig‘iga so‘rov chiqariladi.

Mahallaga yangi transformator o‘rnatilgan edi. Lekin uning atrofi hanuz to‘silmagan. Kamiga transformator o‘rnatish chog‘ida o‘yib tashlangan asfalt shu holicha tashlab ketilgan. Bu masalada tuman elektr ta’minoti rahbariga so‘rov jo‘natiladi.

Yana bir fuqaro nogironlik aravachasiga muhtoj. Bu masalada ijtimoiy ta’minot bo‘limini bezovta qilishga to‘g‘ri keladi.

- Albatta so‘rov chiqarish bilan ish bitmaydi. Uning ijrosini nazorat qilib, bajarilmagunicha mas’ullarning holi-joniga qo‘ymaymiz. Chunki hamon bugungi mas’uliyatni his qilmay, “tepsa-tebranmas”lar bor oramizda,  - deydi deputat Jahongir Ziyayev.

14.05.2022

Решенные обращения

Тип классификации обращенияСпособ направленияДата принятияДата рассмотренияРегион
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Февраль 202421 Февраль 2024Республика Каракалпакстан
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Февраль 202426 Февраль 2024Сурхандарьинская область
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Февраль 202423 Февраль 2024Самаркандская область
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Январь 202424 Февраль 2024Бухарская область
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Октябрь 202323 Февраль 2024Ташкентская область
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Ноябрь 202327 Февраль 2024Ташкентская область
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Февраль 202420 Февраль 2024Джизакская область

полезные ресурсы