Buxoroda Prezident Administratsiyasi, Xalq qabulxonasi, qator vazirlik va idoralar, viloyat, shahar va tumanlar hokimliklari, sektorlar, mutasaddi tashkilotlar rahbarlari ishtirokida sud-huquq masalalari bo‘yicha ommaviy sayyor qabullar davom etmoqda.
Viloyatning Jondor tumanida o‘tkazilgan sayyor qabulda 44 ta fuqaroning og‘zaki, 13 ta fuqaroning yozma jami 57 nafar fuqaroning murojaatlari qabul qilindi.
Qabul qilingan fuqarolarning 26 tasi jinoyat, 21 tasi fuqarolik, 3 tasi ma’muriy, 7 tasi iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlarga oid murojaatlari tinglandi.
Murojaatlardan 18 tasi bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berildi. 26 tasi joyida ijobiy hal etildi.
13 ta murojaat bo‘yicha arizalar Oliy sud tomonidan kassatsiya tartibida xal qilish uchun qabul qilindi. Ushbu murojaatlarning barchasi qanoatlantirilib,tegishli sudlov hay’atiga ko‘rib chiqish uchun o‘tkazildi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Jondor tuman sudi tomonidan 5nafar shaxs jazoni o‘tash muddatidan oldin ozod qilindi. 7 nafar shaxsga nisbatan qo‘zg‘atilgan ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi ish sud majlisida ko‘rildi. Murojaatchilarning arizasi qanoatlantirilib, ma’muriy javobgarlikdan ozod qilindi. 6 nafar shaxsga nisbatan fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan aliment undirish yuzasidan sud buyrug‘i chiqarilib, ijroga qaratildi.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan ajrashish yoqasiga kelib qolgan oilalar bilan suhbatlar o‘tkazilib, 5 nafar voyaga yetmagan farzandi bor 3 ta oila yarashtirildi.
Iqtisodiy ishlar bo‘yicha Romitan tumanlararo sudi tomonidan tadbirkorlarning da’vogarligida 932 million 39 ming 497 so‘mlik 5 ta da’vo arizasi ko‘rib chiqildi. Tadbirkorlarning 807 million 532 ming 912 so‘mlik da’vo talablari qanoatlantirildi.
Тип классификации обращения | Способ направления | Дата принятия | Дата рассмотрения | Регион |
---|---|---|---|---|
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Ноябрь 2023 | 27 Февраль 2024 | Ташкентская область |
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақа | Ишонч телефони | 19 Февраль 2024 | 26 Февраль 2024 | Сурхандарьинская область |
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдам | Ишонч телефони | 27 Январь 2024 | 24 Февраль 2024 | Бухарская область |
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалалар | Ишонч телефони | 20 Февраль 2024 | 23 Февраль 2024 | Самаркандская область |
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслиги | Ишонч телефони | 26 Октябрь 2023 | 23 Февраль 2024 | Ташкентская область |
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлаш | Ишонч телефони | 12 Февраль 2024 | 21 Февраль 2024 | Республика Каракалпакстан |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Февраль 2024 | 20 Февраль 2024 | Джизакская область |