2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Ommaviy qabullar haftaligida qanday masalalar ko‘tarilmoqda?

Poytaxtimizdagi ommaviy qabullar haftaligi doirasida huquqni muhofaza qiluvchi idoralar rahbarlarining xalq bilan muloqoti tashkil qilindi.

Prezident Xalq qabulxonalari, Oliy sud, Bosh prokuratura, Ichki ishlar, Adliya, Mudofaa, Tashqi ishlar vazirliklari, Davlat bojxona qo‘mitasi, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, Majburiy ijro byurosi, O‘zbekiston Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi mutasaddilari alohida sho‘’balarda aholi va tadbirkorlarning murojaatlarini tingladi. Har bir masala ochiq-oshkora, eng muhimi, yuzma-yuz muhokama qilinib, ularga qonuniy-adolatli yechim izlandi.

Ommaviy qabulda Oliy sud mutasaddilariga 137 nafar, Bosh prokuratura mas’ullariga 91 nafar, Ichki ishlar vazirligiga 56 nafar murojaatchi o‘zlarining arizalari, shikoyatlari va takliflari bilan yuzlandi. Huquqni muhofaza qiluvchi idoralar mutasaddilari uchun yagona muloqot maydoni yaratib berilgani esa sud-huquq sohasidagi bir-biri bilan chambarchas bog‘liq masalalarni hamjihatlikda o‘rganish imkonini berdi. Har bir soha bo‘yicha tuman – shahar – respublika tizimidagi rahbarlarning bir stolda jam bo‘lib, murojaatlarni tinglashi esa har bir masalaga samarali yechim topishning muhim omili bo‘ldi.

Ancha yil Toshkent moliya institutida huquqshunos bo‘lib ishlagan Mirg‘ani Akbarov noqonuniy ishdan bo‘shatilganidan shikoyat qilmoqda. Uning murojaatini yaqinda Toshkent shahar prokuraturasi o‘rganib chiqqanida, bu fuqaroning chindan ham noqonuniy ishdan bo‘shatilgani aniqlandi. Murojaatining o‘rganilish holatini bilish uchun ommaviy qabulga kelgan Mirg‘ani Akbarovga uni noqonuniy ishdan bo‘shatganlarga nisbatan jinoyat ishi ochilgani ma’lum qilindi. Shahar prokuraturasi mas’ullari bu masalaga adolatli yechim topib, fuqaroning huquqlarini himoya qilish va tiklab berishni, qonuniy manfaatlari amalda ta’minlanishini qat’iy nazoratga oldi.

Chirchiq shahrida yashovchi Shahnoza Qulfiddinovaning turmush o‘rtog‘i mayor Sherzod Umurov 2014 yili xizmatni o‘tayotgan vaqtida vafot etgan. 6 yildan beri farzandlarini yolg‘iz o‘zi ulg‘aytirayotgan bu ayol Mudofaa vazirligi mas’ullaridan 17 yoshli o‘g‘li Rustamni muddatli harbiy xizmatga yuborish uchun amaliy yordam so‘rab qabulga keldi. Vazirlik mas’ullari bu ayolga o‘g‘lining ota kasbini munosib davom ettirishi uchun qonun doirasida barcha yordamni ko‘rsatishga va’da berdi.

Bekobodlik O‘ktam Hamroyev oilasini ham anchadan beri o‘ylantirayotgan masalaga shu ommaviy qabulda yechim topildi. Gap shundaki, O‘ktam aka bu qabulda Mudofaa vazirligi mas’ullariga oilaviy sharoitini tushuntirib, 2014 yildan beri shartnoma asosida Qashqadaryo viloyatidagi harbiy qismlardan birida xizmat o‘tayotgan o‘g‘li Feruz Hamroyevning xizmat joyini uyiga yaqin harbiy qismlardan biriga ko‘chirilishida amaliy yordam so‘radi. Bu murojaat ham tez orada hal qilib beriladigan, O‘ktam Hamroyev farzandining xizmat joyi Toshkent viloyatidagi harbiy qismlardan biriga ko‘chiriladigan bo‘ldi.

Ta’kidlash joizki, sud-huquq sohasidagi ommaviy qabulda barcha masala, u sud yo prokuratura, ichki ishlar yoki adliya, soliq yoxud bojxona masalalari bo‘lishidan qat’i nazar, qo‘shimcha o‘rganish va tekshirishlarni talab qiladi. Ya’ni, sud adolatli yo adolatsiz qaror qabul qilgani, tergov ishlarida xato-kamchiliklar bor-yo‘qligini aniqlash, alhol nohaqdan haqni ajratib olib,adolatliqaror qabul qilish uchun, albatta, vaqt kerak.

Deylik, toshkentlik Ulug‘bek Ibragimov bir paytlar ichki ishlar tizimida ishlagan,so‘ng, murojaatchining aytishicha, u noqonuniy ishdan bo‘shatilgan. Ommaviy qabulda o‘zini ishga tiklab berishlarini so‘ragan Ulug‘bek Ibragimovning murojaatini qonuniy o‘rganib chiqish va adolatli hal qilishni Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘z nazoratiga oldi.

Poytaxtlik Temur Murodov ham qurilish korxonalaridan biridan noqonuniy ishdan bo‘shatilganini aytib, prokuratura mas’ullaridan qonuniy huquqlarini himoya qilish va tiklab berishda amaliy yordam so‘radi. Mas’ullar bu murojaatni har tomonlama chuqur, qonuniy va xolis o‘rganib chiqib, adolatli yechim topib berish uchun o‘zlariga besh kun muddat belgilashdi.

Tadbirkor Gulsara Umirova rahbarligidagi qurilish korxonasi Mirobod tumanidagi ob’ektlardan birida 130 mln. so‘mlik qurilish-ta’mirlash ishlarini amalga oshirgan bo‘lsada, 2019 yil aprel oyidan buyon 130 mln. so‘mlik xizmat haqini haligacha undira olmayotgan ekan. Majburiy ijro byurosi mas’ullari bu masalani hal qilib beradigan bo‘ldi.

Prezident Xalq qabulxonalari Toshkent shahrida tashkil qilgan huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlarining ommaviy qabulida 414 nafar murojaatchining 431 ta masalasi ko‘rib chiqildi. Ularning 86 tasiga joyida yechim topilgan bo‘lsa, 95 ta murojaat bo‘yicha huquqiy maslahat va tushuntirish berildi, 250 ta murojaat bo‘yicha esa aniq muddat va mas’ullar belgilanib nazoratga olindi.

Poytaxtimizdagi ommaviy qabullar haftaligi davom etmoqda.

28.11.2020

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar