2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
“Hokim va tadbirkorlar” uchrashuvida 61 murojaat ijobiy hal etildi

Namangan viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Shavkat Abdurazoqov haftaning har chorshanba kuni tadbirkorlar bilan uchrashib, ularning murojaatlarini tinglamoqda. Yangi, istiqbolli loyihalar bilan tanishmoqda.

Bugun bo‘lib o‘tgan avbatdagi “Hokim va tadbirkorlar” uchrashuvi avvalida oldingi muloqotlarda belgilangan vazifalar ijrosi atroflicha muhokama etildi. Muammoli masalalar yechimi ko‘rib chiqildi.  

Hokimlik axborot xizmatiga ko‘ra, hozirga qadar viloyat rahbarining kichik biznes vakillari bilan o‘tkazgan muloqotlari mobaynida jami 117 murojaat kelib tushgan. 

Jumladan, 61 murojaat ijobiy hal etilishiga erishildi. Ayni paytda ishbilarmonlar tomonidan ko‘tarilgan 56 masala yuzasidan o‘rganishlar olib borilmoqda.

Navbatdagi uchrashuvda 30 nafardan ziyod ishbilarmon biznes loyihalari, faoliyatida uchrayotgan muammo va to‘siqlar bo‘yicha hokimga murojaat bilan chiqdi.

Bundan  tashqari imtiyozli bank krediti, yer ajratish va kommunal xizmatlar ta’minoti bilan bog‘liq masalalar ham tinglandi. Shavkat Abdurazzoqov har bir murojaat doimiy nazoratda ekani, ijrosini ta’minlash muhimligini ta’kidladi.

19.11.2020

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Мажбурий ижро бюроси ходими хатти-ҳаракатлариВеб-сайт9 Mart 202427 Mart 2024Jizzax viloyati
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишИшонч телефони11 Mart 202422 Iyun 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar