Mutasaddi vazirliklar, davlat idoralari va tashkilotlari, deputatlardan iborat ishchi guruhi tomonidan “Sardoba” suv ombori toshqinida yuzaga kelgan texnogen hodisa oqibatida talofat ko‘rgan xonadonlar egalarini qur’a tashlash yo‘li bilan, adolatli tarzda Sardoba, Mirzaobod va Oqoltin tumanlarida yangidan qurilgan ko‘p qavatli uylarga joylashtirish ishlari olib borilmoqda.
Bugungi kunga qadar mazkur ishchi guruhi a’zolari ishtirokida birgina Mirzaobod tumani “Yangi O‘zbekiston” va “Nurli kelajak” massivlaridagi ko‘p qavatli yangi turar joylarning 321 tasi o‘z egalariga topshirildi.
Ishchi guruhlari tomonidan muammoli xonadonlar qayta o‘rganib chiqilib, yuzaga kelgan masala joyida yechimini topayotir.
Kuni kecha Mirzaobod tumani “Mirzacho‘l” mahallasida uy-joylarni taqsimlash bo‘yicha yuzaga kelgan 20 ta xonadonning muammolari o‘rganildi. Shulardan 7 xonadon bo‘yicha yuzaga kelgan masala xalq deputatlari Mirzaobod tuman kengashi sessiyasida qayta o‘rganib chiqish uchun tavsiya qilindi.
Ishchi guruh o‘z ishini davom etmoqda.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Уй-жой билан таъминлаш | Xalq qabulxonasi | 10 Avgust 2019 | 17 Sentabr 2019 | Toshkent viloyati |
Қимматли қоғозлар бўйича дивидендлар | Ishonch telefoni | 7 Sentabr 2019 | 16 Sentabr 2019 | Qashqadaryo viloyati |