
9-noyabr kuni Prezidentning fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash va sport masalalari bo‘yicha davlat maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidov O‘zbekiston Milliy universitetida yosh olimlar va tadqiqotchilar bilan respublikamizda amalga oshirilayotgan islohotlar, ta’lim sohasi oldida turgan muammolar, yosh olimlarning ilmiy faoliyatlari, o‘quv jarayoniga oid masalalar xususida ochiq muloqot o‘tkazdi.
Muloqot ochiq va samimiy ruhda o‘tib, unda tayanch doktorant va doktorantlarning stajirovka masalalari, raqobatbardosh kadrlar tayyorlashda amalga oshirilishi kerak bo‘lgan masalalar muhokama qilindi. Milliy universitetda dunyoning etakchi OTMlar ro‘yxatiga kirish yo‘lida qilingan ishlar tahlil qilindi.
Pandemiya sharoitida darslarni tashkil qilish, ta’lim sifati, universitet imiji, xalqaro jurnallardagi maqolalar, talabalar amaliyoti va moddiy-texnika baza haqida ham fikrlar, takliflar bildirildi. Muloqot jarayonida yosh olimlar ta’lim, ilmiy faoliyatlarga tegishli bo‘lgan masalalar bo‘yicha fikr almashdi.
Muloqot yakunida davlat maslahatchisi sohada mavjud muammolarga echimi jiddiy masala ekani, yosh olimlar va tadqiqotchilar ilm-fan sohasini rivojlantirish, o‘z salohiyatlarini jamiyatimiz ravnaqi yo‘lida safarbar etishga chaqirdi.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |