2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish bo‘yicha sektor rahbari jiddiy ogohlantirildi

Navoiy shahrining “Istiqlol”, “Guliston” hamda “Hayot” mahalla fuqarolar yig‘inlari hududida yashovchi yoshlar hamda xotin-qizlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.

Tadbirda Yoshlar ishlari agentligi Navoiy viloyati boshqarmasi rahbari, senator Jamshid Xodjayev hamda Bandlik bosh boshqarmasi, Navoiy shahar hokimligi va korxona, tashkilotlarning mas’ul xodimlari yoshlar va xotin-qizlarning muammolarini o‘rganib, aksariyat masalalar joyida hal etildi.

– Bugun bizning mahallamizda yoshlar muammolarini hal etish maqsadida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Men ham ushbu muloqotda ishtirok etdim. O‘zim oliy ma’lumotliman. Ayni paytda ishsiz bo‘lganligim, oilam ko‘makka muhtojligi sabab yordam so‘radim. Ular mening masalamni joyida hal etib berishdi. Uch-to‘rt kunda soham bo‘yicha ishga chiqaman. Bundan juda ham mamnunman. Bunday sayyor qabullar biz kabi yoshlarga imkoniyat eshiklarini ochib beradi, – deydi Roza Rahimova.

Ta’kidlash joizki, sayyor qabul jarayonida yoshlar va xotin-qizlarning aksariyati ishsizlik, uy-joy, ijtimoiy muammolar va kredit olishda amaliy yordam so‘rab murojaat etdi. Bu masalalar joyida tegishli mas’ullarga biriktirilgan holda hal etilishi nazoratga olindi.

Manzilli rejaga ko‘ra, yoshlar va xotin-qizlar bilan navbatdagi uchrashuv Xatirchi tuman kasb-hunar maktabida bo‘lib o‘tdi. Unda Oliy Majlis Senati a’zosi Jamshid Xodjayev boshchiligida 4-sektorga qarashli 19 ta mahalla fuqarolar yig‘inilaridagi yoshlar va xotin-qizlarni qiynab kelayotgan muammolar atroflicha o‘rganildi.

Uchrashuvda hududda hal etilmay qolayotgan muammolarga bee’tibor bo‘layotgan sektor rahbari Senator tomonidan jiddiy ogohlantirildi. Zero, ko‘rsatilayotgan kichik befarqlik katta chigalliklarga sabab bo‘lishi, ayni haqiqat. Shuningdek, Senator tumanda faoliyat ko‘rsatayotgan 88 ta umumta’lim maktabi yetakchilari bilan muloqotda bo‘ldi. Uchrashuvda ta’lim-tarbiya jarayonlarida o‘quvchilarga e’tiborni yanada kuchaytirish, ularga mas’uliyatsizlik bilan qaramaslik, o‘z kasbining fidoyisi va jonkuyarlari bo‘lishi kerakligi umumta’lim maktablari boshlang‘ich tashkilot yetakchilariga qo‘yilgan asosiy talab ekanligi ta’kidlandi.

09.11.2020

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi

Foydali resurslar