Shavkat Mirziyoyev
“Oʼzbekiston — 2030” strategiyasi mamlakatning barqaror va inklyuziv rivojlanishini taʼminlash maqsadida ishlab chiqilgan va Oʼzbekistonning uzoq muddatli rivojlanish yoʼnalishlarini belgilaydi.
Ijtimoiy soha obyektlari kuz-qish mavsumiga tayyormi?

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-oktabrda “Sirdaryo viloyati iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha obyektlari va koʻp kvartirali turar joy fondini 2020-2021-yil kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori tasdiqlangan edi.

Ushbu qaror ijrosini taʼminlash maqsadida “Oʻzenergoinspeksiya” Sirdaryo hududiy boʻlimi, viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, Xalq taʼlimi boshqarmasi xamda boshqa muassasalar rahbar xodimlari ishtirokida seminar tashkil etildi.

 

Xovos tumanidagi 17-umumtaʼlim maktabi binosida oʻtkazilgan seminardan asosiy maqsad ijtimoiy soha obyektlarining 2020-2021-yillar kuz-qish mavsumiga barqaror tayyorgarligi, muassasalardagi issiqlik tizimi, qozonxonalarni holati hamda koʻmir yoqilgʻisidan oqilona va samarali foydalanish, ularni saqlash holatlariga, xavfsizlik texnikasi qoidalariga eʼtibor berilishga qaratishdir.

 

Seminarda Xalq taʼlimi Sirdaryo viloyati boshqarmasi tasarrufidagi muassasalarga kuz-qish davrida 4145 tonna, shundan 1078 tonna koʻmir yoqilgʻisi, 3 067 tonna koʻmir briketi yetkazib berilishi rejalashtirilgan boʻlib, amalda 2008,3 tonna, shundan 1 078 tonna koʻmir yoqilgisi, 930,3 tonna koʻmir briketi muassasalarga olib kelingan. Shuningdek, qolgan mahsulotni ham yogʻingarchilikga qoldirmasdan oʻz vaqtida olib kelishi taʼkidlandi.

 

Viloyatdagi 309 ta muassasadan 286 ta muassasa binolaridagi qozonxona, isitish tizimlari va koʻmir saqlanishi holati yuzasidan oʻrganishlar oʻtkazilgan boʻlib, ulardan 61 ta muassasada qoniqarsiz holatlar mavjudligi yuzasidan tanqidiy tushintirishlar berildi.

 

Koʻmir yoqilgʻisini joylarda saqlash va undan oqilona foydalanish, koʻmir saqlanadigan joylari, isitish qozonxonalar holati va issiqlik uzatish quvurlari izolyatsiyasi boʻyicha tushuntirish ishlari olib borildi. Seminar davomida misol tariqasida ishtirokchilarga koʻrgazma shaklida taqdim etildi. Hududiy boʻlim tomonidan tayyorlangan “Koʻmir yoqilgʻisidan foydalanish” qoʻllanmasi hamda “Isitish pechlaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalari” boʻyicha tayyorlangan buklitlar tarqatildi.

 

Muassasa xodimlariga kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlikni kuchaytirish, kamchiliklarni bartaraf etish hamda mavsumga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha tavsiyalar berildi.

28.10.2020

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Суғурта фаолиятиПрезидент почтаси19 Sentabr 202427 Sentabr 2024Farg`ona viloyati
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Пиллачилик соҳасига оид масалаларИшонч телефони26 Iyun 20243 Iyul 2024Andijon viloyati
Электр таъминотидаги узилишларИшонч телефони28 Iyun 202419 Iyul 2024Sirdaryo viloyati
Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланишиИшонч телефони1 Iyul 202419 Iyul 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar