2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Soʻxda har kuni oʻzgarish va yangilanishlar boʻlmoqda

Fargʻona viloyati Soʻx tumanida amalga oshirilayotgan keng qamrovli bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari hudud chiroyini yana ochmoqda.

Kundan kunga yangi inshootlar boʻy koʻrsatayotgan boʻlib, aholini qiynab kelayotgan muammolar ham oʻz yechimini topayotir. Sanoat, xizmatlar va qishloq xoʻjaligini rivojlantirish boʻyicha 95 ta loyihani amalga oshirish jarayoni boshlandi.

 

“Demursad” mahalla fuqarolar yigʻinida tadbirkor Ozodjon Odilov tomonidan umumiy qiymati 5 milliard soʻm boʻlgan zamonaviy toʻyxona xizmatini tashkil etish investitsiya loyihasi bajarilmoqda. Buning natijasida 20 nafar yangi ish oʻrinlari yaratiladi.

 

– Prezidentimiz tomonidan yaratib berilgan imkoniyatlardan samarali foydalanish har bir tadbirkor uchun eng masʼuliyatli vazifa, - deydi tadbirkor Ozodjon Odilov. – Ayniqsa, chekka hududlarda ham xizmat koʻrsatish sifatini yaxshilash lozim. Mazkur majmuada savdo va xizmat koʻrsatish uchun barcha shoxobchalarning faoliyati yoʻlga qoʻyiladi.

 

Umumtaʼlim maktablarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash maqsadida 1,4,16,17,19 va 22-taʼlim maskanlariga 99 dona yangi kompyuterlar topshirildi. Bu soʻxlik yoshlarni axborot texnologiyalarni oʻzlashtirishida muhim oʻrin tutadi. Shuningdek, ayni kunlarda ichimlik suvi, elektr taʼminotini yaxshilash borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

 

1-sektor hududiga kiruvchi Tul mahallasining “Yoshlik” koʻchasida istiqomat qiluvchi aholini endilikda elektr-energiyasidan boʻlgan muammolari bartaraf etildi.

 

– Koʻchamizda yuzga yaqin xonadonlar bor, – deydi mahallada yashovchi fuqaro Guldiyor Irgashev. – Davlat dasturi doirasida bizning koʻchamizga yangi transformator oʻrnatildi. Mahallamizdagi barcha eski simyogʻochlar oʻrniga yangi zamonaviy temir-beton tayanchlar oʻrnatilsa, bu borada bizda umuman muammo qolmaydi.

 

Tuman elektr tarmoqlari korxonasi bosh muhandisi Dodoorif Raupovning maʼlumotiga koʻra, shu kungacha tumanga 35 ta transformator olib kelindi.

 

“Qizilqiyoq” mahalla fuqarolar yigʻinida ham keng koʻlamli qurilish- taʼmirlash ishlari olib borilmoqda. Bugungi kunda uzunligi 1 kilometr boʻlgan piyodalar yoʻlakchasi, 2 ming 250 metr masofaga betonli qoplama yotqizildi.

 

“Chumoqcha” mahalla fuqarolar yigʻini tumanning 4-sektori hududida joylashgan.Mahalla ahlini suv taʼminotidagi muammolarga barham berish, shuningdek, elektr-energiyasi, yoʻl qurilishidagi kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida olib borilayotgan ishlar eʼtirofga loyiq.

 

Mahalla fuqarolar yigʻini raisi Ulugʻbek Xoʻjamovning taʼkidlashicha, “Navobod” koʻchasida ichimlik suvi taʼminotini yaxshilash maqsadida 2,7 kilometr masofaga tarmoq tortish ishlari davom etmoqda. “Tagimazor” koʻchasiga yangi beton tayanchlar oʻrnatilmoqda. Endi eski simyogʻochlar oʻrnini yangi zamonaviy beton tayanchlar egallaydi. Shuningdek, “Soʻx” koʻchasida 1 kilometr masofadagi yoʻllarga piyodalar yoʻlakchasi qurish ishlari davom etmoqda.

24.10.2020

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi

Foydali resurslar