Navoiy viloyati davlat soliq boshqarmasi boshligʻi, viloyat 4-sektori rahbari Ravshan Nasimov Nurota tumanidagi “Yangiobod” hamda “Yangibino” qishloqlari aholisi muammolarini oʻrganish maqsadida sayyor qabul oʻtkazdi.
rish, bandlikka koʻmaklashish, qishloqda kutubxona tashkil etish kabi masalalar boʻyicha fuqarolarning murojaatlarini oʻrgandi.
Sayyor qabulda tuman hokimi Umarbek Xalilov hamda hududiy sektor rahbarlari, mahalla fuqarolar yigʻini raisi va tumandagi tegishli tashkilotlar mutasaddilari, korxona, tashkilot rahbarlari, tijorat banklari masʼullari ishtirok etdi.
Xalq bilan muloqotda har ikkala qishloqdan qariyb 70 nafar aholi ishtirok etib, fuqarolar tomonidan 12 ta murojaat yoʻllandi.
Masalan, yangibinolik Zulfiya Berdiqulova roʻzgʻoriga yordam boʻlsin deb, kredit asosida tovuq sotib olgan. Afsuski, parrandalarning barchasi eʼtiborsizlik sabab kasallikka chalinib nobud boʻlgan. Oʻzi ehtiyojmand oilaning bir tashvishiga kredit muammosi ham qoʻshilgan. Zulfiya bugungi kunda roʻzgʻoridan orttirib, ushbu kredit mablagʻlarini qaytarishda qiynalayotganidan sektor rahbaridan koʻmak soʻradi. Oʻz navbatida viloyat davlat soliq boshqarmasi boshligʻi kredit ajratilgan tijorat banki mutasaddilari bilan ushbu masalani qonuniy muhokama etib, muammoga biror yechim topish zarurligini nazoratga oldi.
Yangiobodlik Fotima Ochilova esa qoʻli gul chevarlardan. Qishloqda qoʻni-qoʻshni ham qarindosh xotin-qizlarga liboslar tikib, oilasiga naf keltirmoqda. Sayyor qabulda ishtirok etgan Fotima yaxshi tashabbusni ilgari surdi va bu taklif viloyat 4-sektori rahbari tomonidan ham, tuman hokimi tomonidan ham qoʻllab-quvvatlandi. Yaʼni, Fotima qishloqdan bir boʻsh bino ajratilishi, unda tikuvchilik sexi tashkil etib, qoʻlida hunari bor hamda uquvli ayollarni chevarlikka jalb qilish, shu orqali ularning bandligini taʼminlashni koʻpdan beri rejalashtirib kelyapti. Shuningdek, sexda tayyorlanadigan mahsulotlar realizatsiyasida ham mutasaddilarning koʻmagi zarurligini taʼkidladi. Bu tashabbus darhol nazoratga olinib, tez kunda hal etiladigan boʻldi.
– Koʻpdan beri oʻylab yurgan rejalarimni bugun viloyat davlat soliq boshqarmasi boshligʻi qishlogʻimizda sayyor qabul oʻtkazayotganidan foydalanib muhokama qilib oldik, – deydi Fotima Ochilova. – Juda xursandman, murojaatim tez kunda hal etiladigan boʻldi. Eng muhimi, qishlogʻimiz ayollarining koʻpchiligi ishli boʻladi, singillarimiz hunar oʻrganishi uchun imkoniyat yaratiladi.
Uchrashuv soʻngida qishloqning 10 ta ehtiyojmand oilasiga oziq-ovqat jamlanmasi berildi. Shuningdek, qishloqda yoshlar va aholi uchun tashkil etiladigan kutubxona 50 ga yaqin kitoblar tuhfa qilindi. Sayyor qabulda ishtirok etgan yoshlarga shaxmat, shashka, koptok va boshqa sport anjomlari sovgʻa sifatida ulashildi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлаш | Ишонч телефони | 12 Fevral 2024 | 21 Fevral 2024 | Qoraqalpog`iston Respublikasi |
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслиги | Ишонч телефони | 26 Oktabr 2023 | 23 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақа | Ишонч телефони | 19 Fevral 2024 | 26 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалалар | Ишонч телефони | 20 Fevral 2024 | 23 Fevral 2024 | Samarqand viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдам | Ишонч телефони | 27 Yanvar 2024 | 24 Fevral 2024 | Buxoro viloyati |