O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi faoliyatining uzluksizligini ta’minlash maqsadida vaqtinchalik texnik profilaktika ishlari olib borilishi munosabati bilan 24:00 dan 05:00 ga qadar murojaatlarga fayl biriktirish jarayonida qisman uzilish kuzatilishini ma’lum qilamiz. Vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Sayyor qabullarda ikki mingdan ortiq murojaatchi ishtirok etdi

Insonlar bilan yuzma-yuz turib, ularning turmushida uchrayotgan chigal masalalarini hal etib berish, ko‘mak ko‘rsatish muhim jihat sanaladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti administratsiyasi, Xalq qabulxonalari mas’ul xodimlari boshchiligida 20 ga yaqin vazirlik va idoralar vakillari ishtirokida Farg‘ona viloyati aholisi uchun sayyor qabullar tashkil etildi.

Muloqotlar Uchko‘prik, O‘zbekiston, Bog‘dod, Farg‘ona hamda Toshloq tumanlarida tashkil etilgan bo‘lib, Farg‘ona viloyatining barcha hududidagi aholini qamrab oldi. Jami 2 ming 300 ga yaqin murojaatchi ishtirok etdi.

Qabullar davomida ichki ishlar faoliyatiga oid, sud qarorlari yuzasidan va prokuratura organlariga eng ko‘p murojaat kelib tushdi. Shuningdek, mazkur qabullar viloyatda bank tizimi, gaz va elektr ta’minoti, mehnat va bandlik, yo‘llarni ta’mirlash, uy-joy, moddiy yordam, ijtimoiy ta’minot, sud qarorlari ijrosi va aliment, sog‘liqni saqlash, kadastr, maktabgacha ta’lim va xalq ta’limi masalalarida ham echimini kutib turgan ko‘plab muammolar borligini ochiq-oydin ko‘rsatdi.

Qishloq hududlaridagi aholi murojaatlarining salmoqli qismini kommunal xo‘jalik idoralari faoliyatidan qoniqmaslik, toza ichimlik suvi, tabiiy gaz va elektr ta’minoti masalalari tashkil etdi. Mazkur masalalar yuzasidan ham mutasaddi idoralar xodimlari murojaatchilar bilan birma-bir qabullar o‘tkazishdi xamda zudlik bilan aytilgan muammolarni hal etish va ta’minot masalalarini echishga kirishildi.

Jumladan, 395 dona simyog‘och yangi temirbeton tayanchlarga almashtirildi. Shuningdek, 20 dona transformator punkti o‘rnatildi hamda 33,2 kilometr havo tarmog‘i tortildi. Toza ichimlik suvi ta’minoti bo‘yicha qoloq hududlarda ishlar jadallashdi. Transheyalar kovlanib, suv quvurlari tarmoqlari tortildi.

Xonadonlarga 1 000 tonna suyultirilgan gaz etkazib berildi. 22 355 ta aholi xonadoni tabiiy gaz bilan ta’minlandi xamda 6 ta ijtimoiy soha ob’ekti tabiiy gaz tarmog‘iga ulandi.

Aholi murojaatlari qatorida yo‘llarni ta’mirlash bo‘yicha 127 ta ariza qabul qilindi. Ichki yo‘l ta’miri bo‘yicha vaziyat joylarga chiqib alohida o‘rganildi va natijada qariyb 2,5 mlrd so‘m mablag‘ ajratilib, 18 km. yo‘l ta’mirlandi, 2 km. yo‘l asfalьtlashtirildi, 6 km. yo‘l shag‘al bilan qoplandi, 11 km. yo‘l joriy ta’mirlandi.

Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash alohida masala tariqasida o‘rganildi. Ayniqsa, tadbirkorlik sub’ektlari vakillari, o‘z ishini boshlash istagidagi yoshlar, xotin-qizlar o‘rtasida biznesni qo‘llab-quvatlashga qaratilgan masalalar jiddiy tahlil qilindi. 12 ta tadbirkorlik sub’ektiga 4 mlrd. so‘mdan ziyod kredit mablag‘lari ajratildi. Biznes sohasiga ilk qadamini qo‘ya boshlagan 38 nafar fuqaroga 1,5 mlrd. so‘m miqdoridagi imtiyozli kredit ajratilishiga erishildi.

Shu tariqa bank sohasiga oid 90 ta masala o‘rganilgan bo‘lsa, sog‘liqni saqlash bo‘yicha ham yuzlab murojaatlar kelib tushdi. 35 nafar fuqaroga davolanish uchun order berildi, 8 nafar fuqaroga nogironlikka chiqish uchun chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik tayinlandi. 21 nafar bola viloyat ko‘ptarmoqli tibbiyot markaziga yo‘llanma bilan yuborildi.

Ushbu tartibda o‘tkazilgan sayyor qabullar davomida 2 332 ta masala bo‘yicha murojaatlar qabul qilinib, ularning 41,5 foizi joyida ijobiy hal etildi. 22 foiz murojaatga huquqiy tushuntirishlar berilib, murojaatlarning qolgan 31,5 foizi ijro uchun nazoratga olindi.

20.10.2020

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Қимматли қоғозлар бўйича дивидендларIshonch telefoni7 Sentabr 201916 Sentabr 2019Qashqadaryo viloyati
Уй-жой билан таъминлашXalq qabulxonasi10 Avgust 201917 Sentabr 2019Toshkent viloyati

Foydali resurslar