2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Hokimiyat va xalq o‘rtasidagi muloqot demokratik huquqiy davlatning asosiy ko‘rsatgichidir

Joriy yilning 14-oktyabr kuni «Eshituvchi davlatdan adolatli davlat sari» mavzuida xalqaro onlayn-konferentsiya bo‘lib o‘tdi.

Tadbir Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik tadqiqotlar instituti va Germaniyaning Fridrix Ebert nomidagi jamg‘armasi hamkorligida tashkil etildi. Unda Qozog‘iston, Germaniya va O‘zbekiston davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, ilmiy-tadqiqot hamjamiyatlari vakillari ishtirok etishdi.

Ishtirokchilar davlat organlari va aholi o‘rtasida samarali muloqot va konstruktiv o‘zaro hamkorlik o‘rnatish, jamiyat va davlat ishlari boshqaruvida fuqarolarning ishtirok etishi uchun shart-sharoitlar yaratish kabi masalalar yuzasidan fikr almashishdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktorining birinchi o‘rinbosari A.Ne’matov konferentsiyada so‘zga chiqib, O‘zbekiston Prezidenti xalq qabulxonalari faoliyatini tashkillashtirish bo‘yicha mamlakatimiz tajribasini tanishtirdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti vakilining so‘zlariga ko‘ra, prezidentning xalq qabulxonalari fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha davlat tizimining samarali faoliyat yuritishini ta’minlaydi, barcha davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining xalq bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilish, joylardagi fuqarolarning dolzarb muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va tezkor hal qilish bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi.

Ekspertning qayd etishicha, eng muhimi bugungi kunda xalq qabulxonalari mamlakat fuqarolarining huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari kafolati sifatida prezident vakolatlarini amalga oshirishda barcha hokimiyat bo‘g‘inlarining o‘zaro muvofiqlashtirilgan o‘zaro aloqalarini ta’minlashning samarali va kuchli vositasiga aylandi.

A.Ne’matovning qayd etishicha davlat organlari va aholi o‘rtasida samarali strategik kommunikatsiya kanallarining mavjudligi demokratik huquqiy davlatning muhim ko‘rsatgichi hamda davlat va jamiyatning barqaror rivojlanishini ta’minlashning muhim shartidir.

Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik tadqiqotlar instituti direktori Z.Shaukenova Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart Tokaev tashabbusi bilan ishlab chiqilgan «Eshituvchi va adolatli davlat» kontseptsiyasini tanishtirar ekan, uning asosiy mazmuni davlatning fuqarolar so‘rovlariga tezkor va konstruktiv javob qaytarishi hamda jamiyat bilan hamkorlik qilgan holda, aholining muhim muammolarini hal etish ekanini qayd etdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu fuqarolarning davlat hokimiyatiga bo‘lgan ishonchini oshirishning muhim sharti hisoblanadi.

F.Ebert nomidagi jamg‘armaning Qozog‘iston va O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari K. Mor hokimiyat va aholi o‘rtasida muloqot o‘rnatish bo‘yicha Germaniya tajribasi haqida so‘zlab berdi. Uning qayd etishicha, ushbu model odillik, hamfikrlik, inson huquq va erkinliklarini hurmat qilish kabi tamoyillarga asoslanadi.

Konferentsiya davomida ishtirokchilar shuningdek, davlat organlarining joylardagi aholi bilan muloqotini tashkillashtirishning turli amaliyotlarini ham ko‘rib chiqishdi. Davlat organlari faoliyatidan foydalanish, ularning ochiqligi va xalq bilan muloqot qilishga tayyorligi hamda fuqarolarning qarorlarni qabul qilish va amalga oshirish jarayonlariga jalb qilinganlik darajasini oshirish davlat organlari va aholi o‘rtasidagi samarali hamkorlikning muhim tamoyillari ekani qayd etildi.

16.10.2020

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar