2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Yashnobod tumanidagi issiqlik markazi kuz-qish mavsumiga tayyormi?

Soatiga 400 GK energiya ishlab chiqarish quvvatiga ega boʻlgan “Aviasozlar” issiqlik markazi Yashnobod tumani aholisini issiqlik quvvati bilan taʼminlab keladi.

Joriy yilgi kuz-qish mavsumida poytaxtimizning Yashnobod tumani aholisini issiqlik energiyasi bilan taʼminlash qanday yoʻlga qoʻyiladi? Tumandagi issiqlik markazi faoliyati mavsumga tayyormi?

 

Respublika ishchi guruhining oʻrganishlari davomida ushbu markaz faoliyatida ham qator kamchiliklar va muammolar borligi aniqlangan edi. Koʻpgina uskunalar, jumladan, issiqlik quvvati saqlanadigan zaxiradagi sigʻimlarning qoplamalari maʼnan eskirgan boʻlib, bu ishlab chiqaruvchilar salomatligiga salbiy taʼsir koʻrsatardi. Shuningdek, energiya resurslarini hisoblash uskunalari ham ishdan chiqa boshlagandi.

 

Sektor rahbarlarining nazorati ostida markazda taʼmirlash ishlari jadal olib borildi. Ushbu maqsadlar uchun 2 milliard soʻmdan ziyod mablagʻ ajratildi.

 

– Bu yilgi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik koʻrish doirasida bitta qozonni kapital taʼmirdan chiqardik, – deydi “Toshkent issiqlik markazi” DUK bosh muhandisi Zuhriddin Jalilov. – Ekran quvurlari, konyuktiv isitish quvurlari almashtirildi. Bundan tashqari, oʻzimizning ichki imkoniyatlardan kelib chiqib, yana bir qozonni oʻrta taʼmirdan chiqardik. 5 ta qozon joriy taʼmirdan chiqdi. Shunda 28 ta nasos agregati joriy va kapital taʼmirlandi. Hozir issiqlik saqlash qoplamalarida insonga ziyoni yoʻq boʻlgan ingichka tolali bazalt materialidan foydalanyapmiz. Bu birinchidan, insonga hech qanday zarari yoʻq, ikkinchidan, issiqlik saqlash imkoniyati yuqori.

 

Shuningdek, markazda resurslar boʻyicha barcha zamonaviy oʻlchash uskunalari ham oʻrnatildi. Ayni paytda markaz isteʼmolchilarga issiqlik quvvati yetkazib berishga tayyor holga keltirilgan.

11.10.2020

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar