Shavkat Mirziyoyev
“Oʼzbekiston — 2030” strategiyasi mamlakatning barqaror va inklyuziv rivojlanishini taʼminlash maqsadida ishlab chiqilgan va Oʼzbekistonning uzoq muddatli rivojlanish yoʼnalishlarini belgilaydi.
Aholining ovoragarchiligiga barham berildi

Namangan viloyati Pop tumanida davlat xizmatlari markazi binosi birinchilardan bo‘lib foydalanishga topshirilgan edi.

Bu albatta, aholi va tadbirkorlar uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochish bilan birga shu erlik fuqarolarning mushkulini oson bo‘lishiga zamin yaratdi.

Agentlikning galdagi vazifalaridan biri tuman markazidan olisda joylashgan hududlarda markaz filiallarni ochish bo‘lib, bu boradagi harakatlar o‘z amaliy natijasini bera boshladi.

Tumanning chekka hududidagi “Istiqlol” mahalla fuqarolar yig‘inida markaz filiali foydalanishga topshirildi. Mazkur filial tumanning tog‘li va bahavo maskani sanalgan Chodak qishlog‘i va unga yaqin bo‘lgan 11 ta MFYda istiqomat qiluvchi 32 ming nafarga yaqin aholiga 140 dan ortiq davlat xizmatlarini ko‘rsatadi.

–Filialning faoliyat boshlashi markazdan 60 kilometr uzoqlikda yashovchi aholining ortiqcha ovoragarchiligiga barham beradi, - deydi tuman davlat xizmatlari markazi direktori V. Tolipov. – Avvallari fuqarolarga qulayliklar yaratish maqsadida hududda oyda ikki bor sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatilgan. Lekin, bu bilan aholini to‘laqonli qamrab olishning imkoni bo‘lmagan. Endi fuqarolar o‘z yashash joyida davlat xizmatlaridan foydalanishi mumkin.

Filial faoliyati yosh kelin-kuyovlarni ham mamnun etmay qolmadi. Maskanning ochilishi kuni ikki yoshning nikoh tuzganlik haqidagi guvohnoma guvohlar va mehmonlar qarshisida tantanali topshirildi.

Ana shunday qulaylik, Uchqo‘rg‘on tumani “Qo‘g‘ay” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi aholiga ham yaratib berildi. “Qo‘g‘ay” va yana 20 ta MFYni qamrab olgan mazkur filial 60 ming nafar fuqaroning uzog‘ini yaqin qiladi.

 

 

photo_2020-10-08_11-24-59.jpg

 

photo_2020-10-08_11-25-00.jpg

 

photo_2020-10-08_11-25-01.jpg

09.10.2020

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Суғурта фаолиятиПрезидент почтаси19 Sentabr 202427 Sentabr 2024Farg`ona viloyati
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Пиллачилик соҳасига оид масалаларИшонч телефони26 Iyun 20243 Iyul 2024Andijon viloyati
Электр таъминотидаги узилишларИшонч телефони28 Iyun 202419 Iyul 2024Sirdaryo viloyati
Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланишиИшонч телефони1 Iyul 202419 Iyul 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar